Mask miyasiga chip o‘rnatilgan birinchi odamning ahvoli haqida ma’lumot berdi

Mask miyasiga chip o‘rnatilgan birinchi odamning ahvoli haqida ma’lumot berdi

Hozircha bemor kompyuter kursorini fikr kuchi bilan boshqarishni o‘rganib olgan. 

Miyasiga Neuralink kompaniyasi chipi o‘rnatilgan birinchi bemor allaqachon tuzalib ketgan va endi kompyuter kursorini fikr kuchi bilan boshqara oladi. Bu haqda kompaniya asoschisi Ilon Mask xabar berdi

«O‘zgarishlar yaxshi va bemor nojo‘ya ta’sirlarsiz tuzalib ketganga o‘xshaydi. Bemor shunchaki fikr kuchi bilan kursorni ekran bo‘ylab harakatlantirishi mumkin. Keyingi qadam — kursorni bosish», deb Mask so‘zlarini keltirdi The Independent. 

Milliarder so‘zlariga ko‘ra, bemor kasallik tufayli oyoq-qo‘llarini qimirlata olmaydi, ammo Neuralink neyrochipi unga va boshqalarga ushbu kasallikdan tuzalish imkonini beradi. Kelajakda bu nafaqat elektronikani boshqarish, balki oyoq-qo‘llar harakatchanligini tiklash, depressiyaga qarshi kurashish, eshitish qobiliyatini tiklash va hatto miyani yanada samarali ishlashi imkonini beradi. 

Neuralink loyihasi 2016 yilda ishga tushirilgan bo‘lib, 2023 yilda kompaniyaning qiymati 5 milliard dollarga baholangan edi. Ayni vaqtda Mask kompaniyasi insonga chip o‘rnatishda ustuvorlikka da’vo qilmaydi: Synchron startapi 2022 yildayoq odamga miya-kompyuter interfeysini joylashtirgan. U elektron qurilmalarni fikr kuchi bilan boshqarish imkonini beradi.

Kommentlar: 19 komment. 19 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    Узок умр курсин

  2. Kelajak ham kelib qoldi

  3. Ke4a bu narsa he4 qa4on bumidi digan narsalarimiz, bugun haqiqat bulib qoldi

  4. Jamshid

    Qoyil!

  5. Mask geniy!

  6. Yaxshi, barakalla

  7. Yaxshi bo’libti

  8. Odam tirik qolgani mo’jiza

  9. Lobarxon

    Malades!

  10. Shoxrux

    Zo’r

  11. Gulnora

    Yaxshi

  12. Bo’ldi

  13. Uje tvit yozdi va mario kart o’ynadi miyasi bilan good

  14. O’yinlar o’ynayapti bemalol, juda zo’r bo’libti

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social