Kim “Oltin butsa” ga sazovor bo`ldi?

Kim “Oltin butsa” ga sazovor bo`ldi?

“Barselona” hujumchisi Lionel Messi yakunlangan mavsumda hammadan ko`p gol o`rib, Evropaning nufuzli mukofatlaridan biri sanalmish “Oltin butsa” ga sazovor bo`ldi.

Argentinalik futbolchining Ispaniya chempionatida raqiblar darvozasiga kiritgan 50 ta ajoyib gollari, evropada nufuzli mukofatlardan biriga ega bo`lishiga yordam berdi. Uning asosiy taqibchisi “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu 46 gol bilan ro`yxatda ikkinchi o`rinni egalladi.

Evropa to`p urarlari ro`yxatida keyingi o`rinni “Arsenal” hujumchisi Robin van Persi bo`lgan,uning hisobida 30 gol bor.

O`zlarining to`purarlik mahoratlarini juda yaxshi namayon etgan Germaniya chempionati vakillari – Klas Yan Xuntelar “Shal`ke” va Mario Gomes “Bavariya” klublari hujumchilari o`z hiosblariga 29 va 26 gol yozib qo`yishga muvofaq bo`lishgan.

“Oltin butsi” mukofatiga nomzod bo`lgan Zlatan Ibragimovich beshinchi o`rinda joylashdi, ammo u Seriya A tarixida bir nechta klublar safida to`p surgan eng yaxshi snayper bo`ldi. Yakuniga etgan mavsumda Zlatan Ibragimovich “Milan” ga 28 ta gol olib kelgan.

“Manchester Yunayted” hujumchisi Ueyn Runi Premer-ligada 38 turda o`zining jamoasiga “Sanderlend” ustidan (1:0) hisobida g`alaba olib keldi, lekin bu gol bilan shvedtsiyalik to`p urarga etib olaolmadi. Angliyalik futbolchining natijasi – 27 gol.

24 goli bilan madridning “Atletiko” klubi eng yaxshi to`p urari Radamel Falkao “Vilyarreal” ni Segundaga jo`natib qo`ydi – 1:0.

1. Lionel Messi (“Barselona”) – 50 gol – koeffitsient 2 – 100 ochko

2. Krishtianu Ronaldu (“Real”) – 46 gol – koeffitsient 2 – 92 ochko

3. Robin van Persi (“Arsenal”) – 30 gol – koeffitsient 2 – 60 ochko

4. Klas-Yan Xuntelar (“Shal`ke”) – 29 gol – koeffitsient 2 – 58 ochko

5. Zlatan Ibragimovich (“Milan”) – 28 gol – koeffitsient 2 – 56 ochko

6. Ueyn Runi (“Manchester Yunayted”) – 27 gol – koeffitsient 2 – 54 ochko

7. Mario Gomes (“Bavariya”) – 26 gol – koeffitsient 2 – 52 ochko

8. Burak Il`maz (“Trabzonspor”) – 32 gol – koeffitsient 1,5 – 48 ochko

= Bas Dost (“Xerenven”) – 32 gol – koeffitsient 1,5 – 48 ochko

= Radamel` Fal`kao (“Atletiko”) – 24 gol – koeffitsient 2 – 48 ochko

= Diego Milito (“Inter”) – 24 gol – koeffitsient 2 – 48 ochko

Kommentlar: 3 komment. 3 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Gol

    Мессига хакикатдан хам гап йук, Молодец!

  2. Бахром

    жужа зур бупти, Месси табриклаймиза! Омад!

  3. real

    lekin oltin topni Ronaldo olmasa bulmaydi!!!

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social