Konfederatsiyalar kubogi A guruhi 2 tur natijalari

Konfederatsiyalar kubogi A guruhi 2 tur natijalari

Konfederatsiyalar kubogida ham 2 tur uchrashuvlariga start berildi. Dastlab A guruh uchrashuvlari bo’lib o’tdi. Guruhdagi birinchi va markaziy o’yin deb baholangan  bahsda Rossiya va Portugaliya terma jamoalari o’rtasida bo’lib o’tdi. Kutilganidek uchrashuv Portugaliyalik futbolchilar ustunligi ostida boshlandi. Uchrashuvning birinchi daqiqasidan portugaliyaliklar topni o’z nazoratida ushlab turishdi. Rossiya terma jamoasi ko’p hollarda topsiz harakatlanishiga to’g’ri keldi.

Gol uchrashuvning 8-daqiqasida kiritildi. Yarim himoyachi tomonidan uzatib berilgan top Krishtiano Ronaldogacha yetib keldi va u boshi bilan Akinfeev qo’riqlayotgan darvozani ishg’ol qildi. Shu hisob uchrashuv yakunlanishigacha o’zgarmadi. Uchrashuv to’liq tavsilotini video lavxada tomosho qiling:

Rossiya – Portugaliya 0:1

Guruhdagi ikkinchi uchrashuv Meksika va Yangi Zelandiya termalari o’rtasida bo’lib o’tdi. Ushbu uchrashuvga Meksika terma jamoasi 1 ochko, Yangi Zellandiya terma jamoasi esa 0 ochko bilan keldi. O’yinda birinchi bo’lib Yangi Zelandiya hisobni ochdi. Meksika terma jamoasi futbolchilarining hatti harakati natijasida uchrashuvning ikkinchi bo’limida hisob tenglandi, 70 – daqiqalarga borib esa 2:1 hisobi qayd etildi. Uchrashuv to’liq tavfsiloti bilan videoda tanishing:

Meksika – Yangi Zellandiya 2:1

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social