Dubayda dunyodagi eng qimmat penthaus sotildi

Dubayda dunyodagi eng qimmat penthaus sotildi

Dubayda dunyodagi eng qimmat penthaus sotildi. Uning narxi 136 million dollarga baholandi. Uy mashhur Palm-Jumeyra orolida joylashgan, lekin apartamentlarning qurilish jarayoni to‘liq yakunlanmagani aytilmoqda.

Penthaus 71 qavatli Como Residences binosida joylashgan bo‘lib, 22 ming kvadrat metr maydonni o‘z ichiga oladi. Uning qurilish jarayoni davom etmoqda. Penthaus bulutlar ustida bo‘ladi. Como Residencesning balandligi 300 metrni tashkil qiladi.

Hozircha xaridor nomi oshkor etilmagan, ammo u Sharqiy Yevropadan ekanligi aytilgan.

Yangi osmono‘par binodagi xonadonlar boshqacha bo‘ladi. Baʼzilarida ikkita yotoqxona, baʼzilarida sakkizta bo‘ladi. Xonadonlarning narxi 5,7 million dollardan boshlanadi. Penthausda bo‘lsa, beshta yotoqxona, 260 graduslik ochiq basseyn, shuningdek, unda turib Dubayning diqqatga sazovor joylarini ko‘rish mumkin bo‘ladi.

Tashrif buyuruvchilar uchun barcha qulayliklarga ega turar-joy binosi qurib bitkazilishi 2027-yilga rejalashtirilmoqda.

Maʼlumot uchun, Penthaus bu — ko‘p qavatli uyning eng yuqori qavatidagi maydoni va o‘z terrasasiga ega bo‘lgan alohida turar joy.

Kommentlar: 18 komment. 18 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Aziza

    Juda 4iroyliku, lekn wun4a pulgayam oliwadimi

  2. Тимур

    ДОРОГОБОГАТО laugh laugh

  3. Aziza

    rofl rofl rofl rofl

  4. Assalom Alaykum Hammaga qalaysizlar bye Oxooooo juda chiroyli ekan menga yoqdi good

  5. Aziza

    Endi yurak bulasmi?

  6. Diyor

    Menga ham yoqdi

  7. Layloxon

    Boylaga mazzade

  8. Gulmira

    good good

  9. Botir

    Qoyil

  10. Farruh

    Yaxshi

  11. Diyorbek

    Qimmat ekan

  12. Komilbek

    Yaxshi

  13. Nozim

    good

  14. John

    Namuncha! Shunchayam turadimi uy

  15. Qobilov Mansur

    good

  16. T

    Yaxwiku

  17. Samira

    good

  18. DD

    Fu

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social