Krishtianu Ronaldu futbol tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylandi

Krishtianu Ronaldu futbol tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylandi

“Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Premyer Liga 29-turi doirasida “Tottenhem”ga qarshi kechgan bahsda (3:2) het-trik muallifiga aylandi.

Ronaldu klub va terma jamoa miqyosidagi rasmiy gollari sonini 807 taga yetkazib oldi. Bu futbol tarixidagi eng yaxshi ko‘rsatkich. Rec.Sport.Soccer Statistics Foundation (RSSSF) hisob-kitoblariga ko‘ra, Ronaldu Yozef Bitsanning (805 ta gol) rekordini yangilagan.

Ta’kidlash joiz, Bitsan, Pele va o‘tmishning boshqa futbolchilari urgan gollar soni turli manbalarda turlicha berilgan. Ishonchli manbalar orasida RSSSF’da Bitsan ko‘rsatkichi yuqoriroq edi. Avvalroq boshqa manbalar Ronalduni futbol tarixidagi eng yaxshi to‘purar sifatida e’tirof etgandi.

Bu portugaliyalik futbolchi uchun faoliyatidagi 59-het-trik bo‘ldi. Ayni vaqtda faoliyatini davom ettirayotgan o‘yinchilar orasida faqat Messi (55) unga yaqin bormoqda.

Shuningdek, Ronaldu (37 yosh-u 35 kun) APLda het-trikka erishgan Teddi Sheringemdan (37 yosh-u 146 kun) keyingi eng yoshi katta futbolchiga aylandi.

Ronaldu Premyer Liga joriy mavsumida 24 ta o‘yin o‘tkazib, 12 ta gol va uchta golli uzatma muallifiga aylandi. Futbolchi qatorasiga 16 mavsumdan beri chempionat doirasida 10+ gol urmoqda.

Kommentlar: 5 komment. 5 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Sarvar

    yess yess yess yess geroy!

  2. Nosir

    Legenda! Tarixdagi eng yaxwi uyin4i!

  3. Najmiddin

    wacko mawina!

  4. JJ

    Kriwtianu eng zur good

  5. Ulugbek

    yess yess yess yess

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social