La Liga. «Real» «El-Klasiko»da «Barsa»ni mag‘lub etib, peshqadamga aylandi

La Liga. «Real» «El-Klasiko»da «Barsa»ni mag‘lub etib, peshqadamga aylandi

Ispaniya La Ligasi 26-turi doirasidagi markaziy o‘yinda «Real» Madridda «Barselona»ga qarshi o‘yinda maydonga tushdi.

«Santyago Bernabeu» stadionida kechgan uchrashuvning dastlabki bo‘limi tengkurashlar ostida o‘tib, darvozabonlarning ishonchli o‘yini bilan yodda qoldi.

Ikkinchi bo‘lim esa mezbonlarning hujumlari ostida o‘tdi, deyish mumkin. Madridliklar maydon markazida ustunlik qilib, qanotlar orqali hujumlarni to‘xtatishmadi. Nihoyat, 71-daqiqada Toni Kroosning ajoyib uzatmasidan keyin Vinisius o‘ng qanotdan jarima maydoniga yorib kirib, zarba yo‘lladi – to‘p Pikega tegib ter Shtegen darvozasidan joy oldi – 1:0.

O‘yin minimal hisobda yakunlanishi arafasida Zidan Marianoni maydonga tushirdi. 90+1-daqiqada maydonga tushgan Mariano so‘nggi daqiqada o‘z goli bilan «Real»ga ishonchli g‘alabani taqdim etdi – 2:0.

Yakunda «El-Klasiko»da Vinisius va Mariano tomonidan kiritilgan gollar Madrid klubiga muhim g‘alabani taqdim etdi. Natijada «Real» turnir jadvalida ochkolar sonini 56taga yetkazib, 1-o‘ringa chiqib oldi. «Barselona» esa 55ta ochko bilan 2-o‘ringa tushdi.

Qayd etish joiz, «Real» Madridda o‘tgan so‘ngi uch o‘yinda ilk marta «Barselona»ni mag‘lub etishga erishdi.

La Liga. 26-tur. 1 mart (yakshanba)

Real Madrid – Barselona 2:0
Gollar: 1:0 – 71 Vinisius Junior, 2:0 – 90+2 Mariano.
Real Madrid – Kurtua, Varan, Karvaxal, Ramos, Marselo, Valverde, Kazemiro, Isko (Modrich, 79), Kroos, Vinisius Junior, Benzema (Mariano, 90+1)
Barselona – ter Stegen, Semedu, Umtiti, Pike, Alba, Artur (Rakitich, 80), de Yong, Buskets, Vidal (Breytueyt, 69), Messi, Grizmann (Fati, 81).
Ogohlantirishlar: Vinisius Junior (10), Karvaxal (19), Alba (19).

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social