O`zbekiston terma jamoasi 4:0 hisobida Bahrayndan ustun keldi

O`zbekiston terma jamoasi 4:0 hisobida Bahrayndan ustun keldi

Manama shahrida Bahrayn hamda O`zbekiston milliy terma jamoalari o`rtasidagi JCh-2018 musobaqasining 2-saralash bosqich guruh uchrashuvi nihoyasiga etdi.

justify;”>Unda 0:4 hisobi qayd etilib, o`zbekistonlik futbolchilarning g`alabasi bilan yakunlandi.

Birinchi bo`limda ustunlik termamiz tomonidan bo`lsada, darvozalar daxlsizligi saqlanib qolindi. Bahrayn butun jamoa bo`lib himoyada o`ynadi.

Ikkinchi bo`limda esa, o`yinning borishi o`zgardi. Dastlab, raqib jarima maydonchasidagi pala-partishliklardan keyin Igor` Sergeev ajoyib tarzda hisobni ochdi. Darvozaga zarba sifatida Marat Bikmaev yo`llagan to`pi Sergeevga borib tushdi, Igor` 3 metrlardan darvozani ishg`ol qildi.

Oradan to`rt daqiqa o`tib, ya`ni 56-daqiqada chap qanotdan yorib kirgan Bikmaev jamoadoshi Ahmedovni to`p bilan ta`minladi, Odil darvozabonga hech qanday imkoniyat qoldirmadi, 0:2.

Quvonchlarimizni 62-daqiqada Sardor Rashidov yana bir pog`ona ko`tardi. O`ng qanotdan himoyachini aldab o`tgan futbolchimiz chap oyog`i bilan ajoyib zarbani ijro etdi va termamizning uchinchi golini kiritdi.

90+4-daqiqada bo`lsa, Eldor Shomurodov to`rtinchi golni ham urdi va ushbu gol so`nggisi bo`ldi, hamda termamizga muhim uch ochkoni taqdim etdi.

Bahrayn  0:4 O`zbekiston

Gollar: Igor` Sergeev (52), Odil Ahmedov (56), Sardor Rashidov (66), Eldor Shomurodov (90+4)

Bahrayn: Muhammad Abbos, Said Shubbar, Said Ahmad (Isa, 70), Abdulvahob, Abdulla Alhaza, Abdulla Hilol (Xasan, 57), Abdulla Umar, Said Adnan (Safi, 85), Husan Bobo, Sami Alhusani, Arshid al-Xuti

O`zbekiston: Aleksandr Lobanov, Stanislav Andreev, Egor Krimets, Anzur Ismoilov, Islom To`xtaxo`jev, Odil Ahmedov (Eldor Shomurodov, 86), Aziz Haydarov, Sardor Rashidov, Server Jeparov (Jasur Xasanov, 84), Markat Bikmaev (Javohir Sohibov, 74), Igor` Sergeev.

Manba: www.uff.uz

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. komil

    Bo’larkan ku. Yashshavor! Nimaga boshida KXDR ga yutqazdi?

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social