Sobiq jahon chempioni 48 yoshli amerikalik Lennoks L`yuis 100 million dollar evaziga aka-uka Klichkolardan biri bilan jang qilish uchun ringga qaytishga tayyorligini bildirdi. L`yuisning so`zlariga ko`ra, faqat shu holdagina u olti oydan so`ng kichik Klichko bilan jangga tayyor bo`ladi. “Klichko va Povetkin o`rtasida kechgan kurash paytida menga qaytishim uchun 50 million taklif qilishdi. Umuman olganda, ringga olti oydan so`ng ham chiqishim mumkin, chunki hozir ham mashq qilishda davom etyapman. Men bu haqda o`ylab ko`rdim va oldin biror martayam engilmagan chempion nomi uchun bu summa kamlik qiladi deb o`yladim. Endi u 100 million dollargacha ko`tarildi”, – deydi sobiq jahon chempioni.
L`yuisning ta`kidlashicha, unga ringda Vladimir Klichko bilan uchrashish qiziqarliroq bo`lardi. “Men Vitaliyni engib bo`ldim, shu bois ikkinchisi bilan jang qilishni xohlardim, bundan nima chiqishini keyin ko`ramiz”, – deydi Lennoks.
Takidlash joizki, Lennoks L`yuis o`zining oxirgi jangini 2003 yil iyunida Vitaliy Klichkoga qarshi o`tkazgan edi. O`shanda L`yuis texnik nokaut bilan g`alaba qozongan. Ushbu jang ekspertlar va muxlislarda katta shubha va bahslarga sababchi bo`lgan.
agar Luis bilan Klichko o’rtasida jang bo’lsa bormi, dahanaka jang bo’ladi dedi
ohoo zo’ruu, kutib qolaman