21 yanvar`, dushanba kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida davom etayotgan MDH Kubogi-2013 «V» guruhi 3-tur uchrashuvlari start oldi. Shu kuni Ahmadjon Musaev qo`l ostidagi O`zbekiston yoshlar terma jamoasi Qirg`iziston yoshlar terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi.
O`zbekiston va Qirg`iziston yoshlar terma jamoalari o`rtasidagi uchrashuvda hisob 25-daqiqa O`zbekiston yoshlar terma jamoasi yarim himoyachisi Ixtiyor Toshpo`latov tomonidan ochildi, biroq birinchi bo`lim yakunlanishiga 4 daqiqa qolganida Asilbek Omonov o`z darvozasidan gol o`tkazib yubordi – javob goli Qirg`iziston yoshlar terma jamoasi himoyachisi Valeriy Kichin hisobiga yozildi.
Ikkinchi bo`limning 57-daqiqasida esa Qirg`iziston yoshlar terma jamoasi hisobda oldinga chiqib oldi. «Dordoy» hujumchisi Qayumjon Sharipov tomonidan urilgan gol hisobning 2:1 ko`rinish olishini ta`minladi.
Shundan so`ng Ahmadjon Musaev jamoada birdaniga 6ta o`zgarishni amalga oshirdi. Maydonga Maxstaliev, Kozak, Sergeev, Iskanderov, Abdumo`minovlarga qo`shib, zaxira darvozaboni Bahodir Mirsoatov ham tushirildi. Bu futbolchilar maydonga tushganidan 10 daqiqa o`tib, 71-daqiqada hisob tenglashdi. Temur Hakimov musobaqadagi o`zining ilk goliga mualliflik qildi. Uchrashuv 2:2 hisobidagi jangovar durang natija bilan yakuniga etdi.
Ushbu natijadan so`ng O`zbekiston yoshlari «V» guruhida peshqadamga aylandi.
бизга фарки йук, дуранг билан бошлаб, дуранг билан якунлашадими, ишкилиб кубок билан кайтишса булди
to’g’ri, bizga kubok muhim, yana yutqazib qo’yib, bunga sabab qilib, to’pni yumaloqligini, yoki maydondagi chimmi yashil rangdaligi, yoki bo’masam hamma narsani bechora “OMAD” ga yuklab kemalaring
ман хам шу фикрларинга кушиламан, бизикила кубокки олишийи кере
бугунги уйинда Ёшларимизга омад тилайман! Кимни хабари бумаса, бугун соат 20:00 да Россия ва Узбекистон ёшлари МДХ кубоги чорак финал уйини булиб утади
спорт канали оберадими бу уйинни?
bolla, yuqoridagi commentlarim uchun uzr suriyman, hozirgina o’yinni ko’rdim, ofarin, juda yaxshi o’yin bo’ldi, to’g’risi uyatdaman aytgan so’zlarim uchun,
Россия – Узбекистон 2:0! Россия ярим финалда! Уйин учун катта рахмат боллага, хакикатданам жуда чиройли уйин булди, лекин афсус омад бу сафар Россия футболчилари томонида эди