Rossiya – O`zbekiston 2:0

Rossiya – O`zbekiston 2:0

Hozirgina MDH kubogi yarim finali to`rtinchi ishtirokchisi aniq bo`ldi. So`ngi chorak final baxsida Rossiya va O`zbekiston yoshlari terma jamoalari maydonga tushushdi. Aytib o`tish joyizki, bu o`yinda hamyurtlarimiz juda chiroyli o`yin ko`rsatishdi, lekin omad bu safar Rossiya yoshlari tarafida bo`ldi. O`yin hisobi Rossiya – O`zbekiston 2:0!

Uchrashuvning birinchi bo`limi 31 daqiqasida rossiyalik yoshlar hisobni ochishdi. Shundan so`ng futbolchilarimiz Rossiya yoshlari darvozasi oldida ancha xavfli bo`lgan xujumlarni tashkil etishdi, lekin bu xujumlarning birontasi gol bilan yakunlanmadi. Shunday qilib jamoalar 1:0 hisobida tanafusga chiqib ketishdi.

Ikkinchi bo`limda Rossiya yoshlar terma jamoasi murabbiyi jamoa o`yinida taktik o`zgartirish kiritganligi yaqqol sezildi. Uchrashuv ikkinchi bo`limida rossiyalik futbolchilar maydon markazida ancha ishonchli xarakat qilishdi. Shunga qaramasdan futbolchilarimiz raqib jamoa darvozasi oldida juda xavfli xujumlarni uyushtirishda davom ettirishdi. Shunday xavfli xujumlarning birida top xatto darvoza to`siniga tegib yana maydonga qaytdi. Afsus, futbolchilarimizning shuncha urunishlari samarasiz yakunlandi. O`yin tugashi arafasida rossiyalik futbolchilar yana bir bor Omonov darvozasini ishg`ol etishdi. Va tablodagi 2:0 hisobi bilan MDH kubogi so`ngi chorak final o`yini yakuniga etdi.

Bu g`alabadan keyin Rossiya yoshlar terma jamoasi  Belorusiya futbolchilari bilan final baxsi uchun maydonga tushushsa, 25 yanvar kuni esa O`zbekiston va Qozog`iston yoshlari 5-8 o`rinlar uchun yana o`zaro baxslashadilar.

Yoshlarimiz MDH kubogida qanday natija ko`rsatishidan qat`iy nazar, ular bu kubokda biz muxlislarga juda chiroyli o`yin taqdim etishdi. Buning uchun ularga katta raxmat!

Sizchi aziz futbol muxlislari, siz jamoamiz o`yinini qanday baholaysiz?

Kommentlar: 3 komment. 3 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Bobur

    Zo’r o’yin bo’ldikuya. Lekin yutqizgani uncha yaxshi bo’lmadi. O’zi gruh bosqichida qirg’isiztonni yutish kerak edi. Shunda hozir vaziyat boshqacha bo’lardi.

  2. Safulla

    Bu o’yinda to’p rossiyalik himoyachining qo’liga tekganda penekti berish kerak edi.

  3. Номаълум

    yana uzbekiston yutkazdi! qachongacha shunaka uynashadi uzbekistonliklar???

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social