Bugun Osiyo Chempionlar Ligasi-2017 dastlabki turidan o’rin olgan “Al Taavon” – “Lokomotiv” uchrashuvi bo’lib o’tdi.
O’yinning boshida mezbonlar tashabbusga ega bo’lishdi. Mezbonlar dastlabki hujumni gol bilan yakunlashdi, biroq NDiayening goli o’yindan tashqari holat tufayli inobatga olinmadi. 31-daqiqada Sadriddin Abdullaev jarima to’pini amalga oshirdi, to’pni darvozabon qo’lidan chiqarib yubordi, biroq Maxaradze darvozabonga nisbatan qo’pollik qilgani uchun bahs to’xtatildi.
Ikkinchi bo’lim ham birinchisi kabi boshlandi. Mezbonlar ko’proq hujumga o’tib turishdi. 68-daqiqada burchak to’pidan so’ng Nesterov xatoga yo’l qo’ydi, Talal Ali Absi boshi bilan hisobni ochdi – 1:0. Qolgan daqiqalarda hisob o’zgarmadi va “Lokomotiv” musobaqani mag’lubiyat bilan boshladi.
Gol: Talal Al Absi 68, – 1:0.
Tarkiblar:
Al Taavon: 23.Sultan Al Gamdi, 4.Rikardo Machado, 5.Talal Ali Absi, 6.Abdulrahmon Al Baraka, 10.Jihod Al Hussayn, 14.Muhammad Abusaban (18.Mido, 79), 16.Naif Musa, 17.Mahmud Muaz, 19.Alassan NDiaye, 29.Lusian Sanmarten (3.Abdulloh Kano, 85), 49.Ahmad Zain (Muhammad Al Sayari, 70)
Lokomotiv: 1.Ignatiy Nesterov, 5.Kaxi Maxaradze, 11.Sadriddin Abdullaev (29.Quvondiq Ro’ziev, 66), 15.Sardor Mirzaev, 17.Salim Mustafoev, 18.Timur Kapadze (8.Salamat Qutiboev, 86), 20.Islom To’xtaxo’jaev, 28.SHuhrat Muhammadiev, 33.Oleg Zoteev (10.Marat Bikmaev, 57), 42.Gnontcha Kone, 99.Jaloliddin Masharipov