Oleksandr Usik Londonda Entoni Joshua ustidan sensatsion g‘alabaga erishdi va Jahon chempioniga aylandi

Oleksandr Usik Londonda Entoni Joshua ustidan sensatsion g‘alabaga erishdi va Jahon chempioniga aylandi

Londondagi “Tottenhem Hotspur” stadionida Toshkent vaqti bilan 25-sentabrdan 26-sentabrga o‘tar kechasi katta boks oqshomi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqaning asosiy jangida super og‘ir vazn toifasida WBA, WBO, IBF va IBO kamarlari sohibi Entoni Joshua (24-2, 22 KO) va Oleksandr Usik (19-0, 13 KO) o‘zaro to‘qnash keldi.

Jangning katta qismi ukrainalik bokschi ustunligida kechdi. 12-raund oxirida Usik raqibiga zarbalar seriyasini yog‘dirdi va Joshuani nokautdan bong qutqarib qoldi. Yakunda hakamlar bir ovozdan Usikning g‘alabasini qayd etdi — 117-112, 116-112, 115-113.

Shu tariqa Oleksandr Usik og‘ir vazn toifasida Jahon chempioniga aylandi.

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    Усик rofl фамилиясига койил rofl

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social