Osiyo Kubogi-2015: O`zbekiston irodali g`alabaga erishib chorak finalga yo`l oldi

Osiyo Kubogi-2015: O`zbekiston irodali g`alabaga erishib chorak finalga yo`l oldi

Avstraliya maydonlarida davom etayotgan Osiyo Kubogi-2015 da, vakillarimiz irodali g`alabani qo`lga kiritishdi. Bugun maydonga O`zbekiston va Saudiya Arabistoni terma jamoalari o`yinga tushishdi. Mazkur o`yin 3:1 hisobida hamyurtlarimizning qo`llari baland keldi.

O`yin boshlanishi bilanoq O`zbekiston gol urishga muvoffaq bo`ldi va gol uchrashuvning 2-daqiqasida Sardor Rashidov tomonidan kiritildi. Shu bilan 1-bo`lim tugadi.

Ikkinchi bo`limning 59-daqiqasida O`zbekiston darvozasi tomon penalti belgilandi va Saudiyaliklar uni amalga oshirib hisobni tenglashtirdi. Lekin bu hisob tez oradi o`zgardi va o`yinning 62 va 78-daqiqlarida vakillarimiz ikkita gol urib g`alabani qo`lga kiritdilar.

Endilikda O`zbekiston milliy terma jamoasi 22-yanvar` kuni chorak final doirasida Janubiy Koreyaga qarshi maydonga tushadi.

O`zbekiston 3:1 Saudiya Arabiston

Gollar: Sardor Rashidov 2, 1:0. Al Sahlavi 59 penal`ti, 1:1. Vohid Shodiev 62, 2:1. Sardor Rashidov 78, 3:1

Tarkiblar:

O`zbekiston: Ignatiy Nesterov, Shavkat Mullajonov, Anzur Ismoilov, Shuxrat Muhammadiev, Vitaliy Denisov, Aziz Haydarov, Odil Ahmedov, Sardor Rashidov, Jasur Hasanov, Jamshid Iskanderov (Vohid Shodiev), Bahodir Nasimov.

Saudiya Arabistoni: Volid Abdulloh, Osama Havsavi, Abdulla Al Dossari (Yahyo Al Shehri), Omar Havsavi, Salman Al Faraj, Naif Hazazi, Muhammad Al Sahlavi, Yosir Al Shahroni, Saud Kariri (Taysir Al Jassim), Salim Al Davsari, Navaf Al Obid (Fahad Al Muvallad).

Ogohlantirishlar: Shuhrat Muhammadiev 53, Anzur Ismoilov 57, Vitaliy Denisov 58, Al Dossari 62, Al Sahlavi 67, Vohid Shodiev 77.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social