Nima uchun Yangi yilda o`zizga va`da bergan narsalarni bajarish qiyin bo`ladi?

Nima uchun Yangi yilda o`zizga va`da bergan narsalarni bajarish qiyin bo`ladi?

Yangi yil – nimadir yaxshi narsani boshlash, xarakterimizni ijobiy tarafga o`zgartirish, yomon odatlardan voz kechish va foydalilariga ega bo`lish uchun yaxshi vaqt deb fikr yuritishingiz mumkin. Lekin har yil bir hil tarzda sodir bo`ladi ya`ni biz o`zimizga yaxshi inson bo`lishni, o`qishni rivojlantirishni, vaqtli uyquga ketish kabi va`dalar beramiz ammo bir-ikki haftadan so`ng barchasi odatdagidek bo`ladi va hamma va`dalar unitiladi. Nima uchun shunday bo`ladi? Qanday qilib bu va`dalarni bajarish mumkin?

Ko`pincha bizning va`dalarimiz o`z odatlarimizni o`zgartirishdan iborat bo`ladi. Agarda hafta davomida ikki marotaba sport bilan shug`ullanish uchun berilgan va`daga bir daqiqalik sabab (motivatsiya) etarlicha bo`lmaydi. Bunda sizga majburlaydigan kuch kerak bo`ladi va bu iroda kuchi emas balki odat kuchidir.

Yangi foydali odatlarga ega bo`lish va eskilaridan voz kechish uchun iroda kuchining o`zi kamlik qiladi. Bunday vaziyatlarda mahsus holatlar, tashqi atrofdagi foydali omillar va to`g`ri ichki ruhlantirish kerak bo`ladi.

1. O`z ra`yingizni (hatti-harakat) engish. Barcha insonlarning o`z kuchsizlik jixatlari mavjud. Agarda siz ushbu kuchsizliklarni bir, ikki, besh maratoba engib o`tsangiz, bu narsa odat tusiga kiradi va keyinchalik esa o`z kuchsiz tarafingizni engib o`tish osonlikcha hal bo`ladi.

2. Kerakli bo`lgan malakaga ega bo`lish. Agarda sizning maqsadingiz mashina sotib olib va uni haydash bo`lsa, xaydovchilik kursiga yoziling. Agarda boshqarish lavozimiga ega bo`lmoqchi bo`lsangiz, etakchilik kursiga boring va bu haqida kitoblarni o`qing. Maqsadga erishish uchun qancha ko`proq izlansangiz, unga erishish ham osonroq bo`ladi.

3. To`g`ri insonlar doirasida bo`lish. Ko`pgina insonlar o`zlarining salbiy hatti-harakati bilan sizga ta`sir o`tkazishi mumkin. Shuning uchun to`g`ri tarafni va qarashni boshqara olish lozim.

4. Maqsadning asosini (motivatsiya) ushlab turish. Vaqti-vaqti bilan bizning maqsadlarimiz o`z kuchini yo`qotishi mumkin va bu odatiy holdir. Maqsaddan voz kechmaslik uchun o`z qaroringizni tasdiqlovchi omillarni topish kerak.

5. Yutuqlar uchun mukofatlash. Buni ta`kidlash noo`rin bo`lsa ham, biror bir hayvonni o`rgatayotgan paytda hayvonni biron bir bajargan harakati evaziga mukofat sifatida shirinlik beriladi. Huddi shu kabi, biz ham biron bir kichkinagina muvoffaqiyatga erishsak, albatta buni mukofatlash lozim. Chunki shu taqdirdagina biz o`z-o`zimizni ruhlantirib va yana olg`a yurishda davom etishimiz mumkin.

6. Maqsadlarga erishish uchun atrofni tayyorlash. Bizni o`rab turgan jihozlar, uydagi va ishxonadagi jihozlar va boshqa tashqi omillar maqsadga erishishda katta ta`sir o`tkazishi mumkin. Shuning uchun kerakli odatlar bilan asta sekin atrofdagi narsalarni maqsadga mos qilib o`zgartirib boring.

Yuqorida keltirib o`tilgan maslahatlar bu yilda qo`yilgan maqsadlarga erishish uchun etarli bo`lishi mumkin. Eng muhimi “Hech qachon o`z irodangiz kuchiga va motivatsiyaga tayanib qolmang. Aksincha bu narsalarni odat tusiga aylantirishga harakat qiling”

Kommentlar: 4 komment. 4 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. obid

    chunki uzbelar dangasa halqlardan biri, doim ertangi kunga ish qoldiradigan )))

  2. Исмингиз

    diyara

  3. Исмингиз

    odamlar har narcani tomich kiein buladi diedi

  4. Исмингиз

    diyara turcunbaeva

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social