O`smirlarimiz yana bir muhim g`alabani qo`lga kiritishdi

O`smirlarimiz yana bir muhim g`alabani qo`lga kiritishdi

BAA davlatining Fujayra shahrida O`zbekiston hamda Xorvatiya o`smirlar terma jamoalari o`rtasidagi guruh bosqichi doirasidagi so`ngi uchrashuvi bo`lib o`tdi. Ushbu uchrashuvda Dilshod Nuraliev jogirtlari ishonchli o`yin ko`rsatib Xorvatiya ustida 2:1 hisobi bilan g`alaba qozondi.

Birinchi bo`lim boshlarida o`yin asosan maydon markazida bo`lib o`tdi. Ikki terma jamolar raqib darvozasi tomon hujumlar qilishga xarakat qilishdi. Mana shunday vaziyatlardan birida O`zbekistonlik futbolchilar o`ng qanotdan raqib darvozasi tomon kerib kelayotgan bir pallada raqiblar o`yin qoidasini buzib, terma jamoamiz hujumini to`xtashida. Ushbu standart vaziyatni Dostonbek Hamdamov qoyilmaqom ijro etdi. Darvoza tomon yo`naltirilgan to`pni Xorvatiya himoyachisi Galetar-Kar o`z darvozasiga yo`llab qo`ydi. Demak, o`yinning 14 daqiqasida avtogol evaziga hisob 1:0 ga o`zgardi.

Ushbu goldan so`ng Xorvatiyaliklar jonlanishdi va darvozamiz tomon bosimni kuchaytirishdi.  O`yining 28 daqiqasiga kelib, Xorvatiyalik yarim himoyachi Xalilovich terma jamoamiz himoya chizig`ini yorib o`tishga muvaffaq bo`ldi va to`pni darvozamizning uzoq o`ng burchagiga yo`llab, hisobni tenglashtirdi – 1:1.

Ikkinchi bo`limda O`zbekiston o`smirlar terma jamosi ko`proq tashabbusga  egalik qilishdilar. Futbolchilarimiz asosan uzoq masofalardan zarba berishga harakat qildilar. O`yinning 80 daqiqasiga kelib mana shunday uzoq masofadan berilayotgan zarbalar o`z samarasini berdi. Iqtidorli yarim himoyachimiz Jamshid Boltaboev chamasi 19 metrlardan to`pni darvozaga joylab qo`ydi. Hisob-2:1.

Xorvatiyaliklar o`yin so`ngigacha hisobni tenglashtirishga xar chan urinishmasin, buning uddasidan chiqa olishmadi. Shunday qilib o`smirlarimiz yana bir muhim g`alabani qo`lga kiritishdi va keyingi bochqichga yo`l olishdi.

Kommentlar: 4 komment. 4 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Исмингиз

    gap yo yoshlarimizga, terma jamoa mana urgansen yoshlarimizdan!

  2. Gol

    тугри кеча энасини хорватлани энасини курсатишди-ю, лекин олдинда кучли жамоалар турибди, манимча нима демокчилигимми тушунгандирсла smile, лекин шунга карамасдан ёшларимизга БРАВО

  3. Исмингиз

    ehhee qoyil-eyyy, tak derjat

  4. fayz

    мана булар экану агар яхши уйнасак!

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social