O’zbekiston JCh 2018 bilan xayrlashdi! (+video)

O’zbekiston JCh 2018 bilan xayrlashdi! (+video)

Milliy terma jamoamiz Jahon chempionati yo’llanmasi uchun kurashni to’xtatdi. Sababi Milliy jamoamizga guruh bosqichidagi keyingi  g’alabalar hech narsa bermaydi. Hammasi bugun hal bo’lishi kerak edi, yoki Eron Jahon chempionatiga muddatidan oldin yo’llanmani qo’lga kiritadi, yoki Milliy terma jamoamizning JCh ga chiqish imkoniyati saqlanib qolindi. Birinchisi bo’lib chiqdi – Eron JCh 2018 yo’llanmasini qo’lga kiritdi.

Albatta Milliy terma jamoamizda rasman qaraydigan bo’lsak hali ham  JCh 2018 ga chiqish imkoniyati bor, lekin bu imkoniyatdan ham hamyurtalarimiz foydalana olishmaydi. Bu fakt!

Eron va O’zbekiston o’yiniga to’xtaladigan bo’lsak uchrashuv ikkala jamoaning ham maydon markazidagi ishonchli harakatlari bilan boshlandi. Uchrashuv 3 – daqiqasida Stanislav Andreev jarohat oldi va Samvel Babayan birinchi majburiy almashtirishni qilishga majbur bo’ldi. Maydonga  zaxiradan Andreev o’rniga Davron Hoshimov tushdi.

Uchrashuvning 24 daqiqasiga kelib futbolchilarimiz maydon markazini Eronlik futbolchilarga berib qo’yishgan edi. Ungacha esa Eron terma jamoasi futbolchilari  bir qancha xavfli hujumlarni tashkil qilishga ulgurishgan edi. Uchrashuvning 24 daqiqasida esa maydon markazidagi futbolchilarimizning tushunarsiz harakatlari evaziga Eron hujumchisi Sardor Azmun Labonov bilan yakkama yakka qolib ketdi va sovuqqona tarzda Lobanov oyoqlari orasidan topni darvozaga yo’lladi va hisobning 1:0 ko’rinishiga olib keldi.

Birinchi bo’limda yaxshiyamki boshqa gol bo’lmadi va jamoalar 1:0 hisobida tanaffusga chiqib ketishdi.

Ikkinchi bo’limni eronlik futbolchilar juda faol boshlashdi, natijada Lobanov qo’riqlayotgan darvoza tomon 11 metrlik jarima zarbasini ishlab olishdi. Lobanovning baxtiga 11 metrlik jarima zarbasini tepgan futbolchi Shujo’iy mo’ljaldan adashdi.

Uchrashuvning 53 daqiqasidan boshlab Samvel Babayan zaxiradan futbolchilarni maydonga tushura boshladi. Birinchi bo’lib maydonda harakatlanayotgan Afonin o’rniga Sardor Rashidovni tushirgan bo’lsa, 65 daqiqada Abduxoliqovni Jaloliddin Masharipovga almashtirdi.

Bu almashtirishlar terma jamoamizga hech qanday yordam bermadi. Qolaversa uchrashuvning 88 daqiqasida eronlik futbolchilar bizning darvozamizga 2 – golni kiritishdi.

Shu tariqa Eron terma jamoasi Rossiya maydonlarida bo’lib o’tadigan Jahon Chempionatiga Osiyo davlatlari orasida birinchi bo’lib yo’llanmani qo’lga kiritishdi. Ushbu natija bilan Eron terma jamoasini tabriklaymiz, biz aziz muxlislarga esa sabr, sabr va yana bir bor sabr tilashdan boshqa yo’limiz ham yo’q.

Kommentlar: 8 komment. 8 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Sarvar

    kallanga sani Babayan shuncha xalqi aldab o’zingikilarni asosiy tarkibga qo’shding iflos

  2. Joxa

    turishiylaga sanlani —– yaxshisi uzr man futbolli tushumiyman db oldinro bushaseng bumasmidi dolban

  3. Gol

    эртага Тошганга Эрондан кайси юз билан кириб келишаркин? ман чидолмасдим

  4. ucell

    videoni kurib 4iqdim bizzikilar birontayam zarba berishomabti bu uyatku

  5. Gol

    футболчиларимиз уятдан кейин тугулишган

  6. Otabek

    Fudbolchilarimizni uyati bizni ham uyotimiz emasmi. Mendan so’rashsa tez yuguradigan odamlarni jalb qilaydim jamoga . Hamma gap Tez yugurishda deb bilaman.

  7. Gol

    Отабек факат югуриш билан иш битмайди Игорь Сергеевни каранг майдонда нукул югургани югуран лекин шу югургани жамоага хеч кандай фойда бермаяпти футболчидаримизага акл билан уйнашни ургатишимиз кере

  8. manunt

    akalar butta bomba yorilay deyapti http://www.uff.uz/news/sections/uzbek/234835

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social