O`zbekiston OK-2015 yo`llanmasini qo`lga kiritdi

O`zbekiston OK-2015 yo`llanmasini qo`lga kiritdi

O`zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo Kubogi saralashida Gonkongga qarshi safarda maydonga tushdi va 0:2 hisobida g`alabaga erishdi.

Uchrashuvning birinchi bo`limida to`liq O`zbekiston Milliy terma jamosi ustiniligda o`tdi. Birinchi bo`limning 45 daqiqasida Cheun Kin Fung, Sardor Rashidovga nisbatan qo`pollik ishlatdi va qizil kartochka olib maydondan chiqarib yuborildi. Shundang so`ng Gonkongliklar maydonda 10 kishi bo`lib xarakat qilidilar. Birinchi bo`lim so`ngigacha hisob ochilmadi. 0:0.

Ikkinchi bo`limda maydonda bir kishi bo`lib xarakatlanayotgan Gonkong terma jamoasi barcha e`tiborini himoyaga qaratdi. Bunga javoban O`zbekiston milliy terma jamoasi butun e`tiborini hujumga zo`r berishdi. Aytish joyizki, ikkinichi bo`lim xam to`liq milliy terma jamoamiz ustunligida o`tda va raqib darvozasi tomon juda ham ko`p hujumlar tashkil qildilar. Ketma-ket tashkil qilingan hujumlar 83 daqiqaga kelib o`z samarasini berdi. Islom To`xtaxo`jaev boshlagan g`ujumini, Vohid Shodiev yakunlab hisobni ochdi. 0:1. Oradan 6 daqiqa o`tib Odil Ahmedov hisobni 0:2 ga etkazdi.

Shunday qilib o`yin ohirigacha hisob o`zgarmadi. Ushbu safardagi g`alaba vakillirimizga OK-2015 yo`llanmasini olib berdi.

Kommentlar: 2 komment. 2 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Исмингиз

    barakala, lekin baribir ush bu osiyo chempionatida uzoqga borisholmaydilar!

  2. Исмингиз

    Detskiy o’yin bo’ldi.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social