O`zbekiston milliy terma jamoasi JCh-2014 saralash 4-bosqich o`yinlari doirasida Qatar terma jamoasini 1:0 hisobida mag`lubiyatga uchratdi. 16 oktyabr` kuni Dohadagi “As-Sadd” stadionida bo`lib o`tgan o`yindagi yagona gol O`zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Sanjar Tursunov hisobiga yozildi. Uchrashuv “Sport” teleradiokanali orqali to`g`ridan-to`g`ri namoyish etildi.
Uchrashuvda yagona gol o`yinning 13-daqiqasida urildi. Himoyachi Akmal Shorahmedovning o`ng qanotdan oshirgan to`p uzatishidan so`ng markazda turgan Sanjar Tursunov to`pni to`xtatmasdan Qatar terma jamoasi darvozasiga to`g`rilab qo`ydi. O`yin davomida O`zbekiston milliy terma jamoasi darvozaboni Ignatiy Nesterov bir necha bor o`z darvozasini gollardan saqlab qoldi.
Ushbu g`alabadan so`ng O`zbekiston milliy terma jamoasi “A” saralash guruhida 2-o`ringa ko`tarilib oldi. Agar Eron – Janubiy Koreya uchrashuvida maydon egalari g`alaba qozonishmasa, O`zbekiston milliy terma jamoasi 6-tur o`yinlarigacha guruhda 2-o`rinda qoladi. O`zbekiston milliy terma jamoasi “A” saralash guruhidagi 6-tur uchrashuvini 14 noyabr` kuni Eron terma jamoasiga qarshi safarda o`tkazadi.
Musobaqalar reglamentiga ko`ra, 4-bosqichda o`z guruhida dastlabki ikki o`rinni qo`lga kiritgan terma jamoalar Braziliyada bo`lib o`tadigan 2014 yilgi jahon chempionatiga to`g`ridan-to`g`ri yo`llanmani qo`lga kiritadi. Guruhda 3-o`rinni egallagan terma jamoa pley-off bahslarida qatnashadi. O`zbekiston milliy terma jamoasi joy olgan “A” guruhida Qatar, Eron va Janubiy Koreyadan tashqari Livan terma jamoasi ham bor.
vox-vox Sanjar ajoyib gol tiqdiu! gap yoq, mana bular ekan futbol uynab yutsak
Nesterov shuncha seiflarni qildi! uyliman uyining eng yaxshi futbolchi bizning Nesterov bulishi kerak!
да яхши уйин булди, кани кейинги уйинларни хам шундай уйнасалар эди!
gol lekin daxshat qirtilgan! xale uzbekiston futbolida shunakasini kurmadim