O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Indoneziyani ishonchli hisobda mag‘lub etib, final hamda Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Indoneziyani ishonchli hisobda mag‘lub etib, final hamda Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

Futbol bo‘yicha U-23 Osiyo Kubogi yarim finalida O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi 29-aprel, dushanba kuni Indoneziyaga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limida darvozalar ishg‘ol etilmadi. Ikkinchi bo‘limda ham jamoalar darvoza tomon xavfli hujumlarni uyushtirdi.

61-daqiqaga kelib, Indoneziyaliklar hisobni ochdi. Biroq gol hakam tomonidan bekor qilindi. Golli uzatmani amalga oshirgan futbolchi o‘yindan tashqari holatda bo‘lgani aniqlandi. 68-daqiqada Husayn Norchayev darvozani ishg‘ol qildi.

84-daqiqada Indoneziya futbolchisi Ramadani qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. 

86-daqiqada Rifai o‘z darvozasini ishg‘ol qildi.

Shu tariqa O‘zbekiston 2:0 hisobida g‘alaba qozonib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, Timur Kapadze jamoasi Parij Olimpiadasiga yo‘llanmani ham naqd qildi.

O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi finalda Yaponiyaga qarshi bahs olib boradi.

U-23 Osiyo Kubogi

Yarim final

29-aprel, dushanba

O‘zbekiston U-23 – Indoneziya U-23 2:0

Gollar: 1:0 — 68 Norchayev, 2:0 — 86 Rifai.

O‘zbekiston U-23: 1. Abduvohid Ne’matov, 3. Zafarmurod Abdirahmatov, 4. Abduqodir Husanov, 7. Hojimat Erkinov (10. Jasurbek Jaloliddinov, 46), 9. Ulug‘bek Hoshimov (19. Husayn Norchayev, 46), 14. Abbosbek Fayzullayev (6. Ibrohimhalil Yo‘ldoshev, 90), 15. Umarali Rahmonaliyev, 16. Asadbek Rahimjonov (5. Muhammadqodir Hamraliyev, 66), 18. Alibek Davronov, 22. Alisher Odilov (20. Ruslanbek Jiyanov, 71), 23. Abdurauf Bo‘riyev.

Indoneziya U-23: 12. Pramata Arnan, 3. Muhammad Ferarri, 5. Rizki Ridho Ramadani, 6. Ivar Jenner, 7. Marselino Ferdinan, 8. Vitan Suleyman, 9. Ramadan Sananta, 10. Jastin Xabner, 14. Muhammad Fajar Fatxur, 21. Ernando Ari Suratayri, 23. Natan Tjoe.

Kommentlar: 17 komment. 17 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    Красавцы!!! Поздравляю!!!

  2. Aziza

    Barakalla!!! Omad finalda!

  3. Otabek

    Yigitlarimizni tabriklayman!

  4. Otabek

    Finalda va Olimpiyadada omad tilayman!!!

  5. Shoxrux

    Zo’r o’yin bo’ldi!

  6. Kozim

    Final qachon??

  7. Bobur

    Final qachon?? Nimaga yozmadila??

  8. Odil

    Juma kuni soat 17:30

  9. Anonim

    Faqat g’alaba kerak!

  10. Bobur

    Lekin juda qiyin o’yin bo’ladi finalda, yaponla kuchli juda

  11. Yusuf

    3 asosiy futbolchimiz finalda o’ynamas ekan, klublariga qaytib ketishar ekanmish. Nimabalo!!!!

  12. Mahmud

    Yigitlarimizga omad!

  13. Elbek

    Ertaga final! Ko’ramiz!

  14. Komila

    heart

  15. Anonim

    Qaysi kanalda ko’rsatishadi?

  16. Anonim

    good good

  17. Ulug'bek

    Bugun qatda ko’ramiz? Kelila birga ko’raylik

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social