O`zbekiston va BAA uchrashuvi!

O`zbekiston va BAA uchrashuvi!

Bugun 13 mart kuni “Jar” maydoni konferents-zalida 2012 Olimpiyada o`yinlari 3 bosqich saralash o`yinlaridan o`rin olgan O`zbekiston va BAA olimpiya terma jamoalari o`yini oldidan matbuot anjumani bo`lib o`tdi. Eslatib o`tamiz, ushbu to`qnashuv ikkala jamoalar uchun xal qiluvchi o`yin bo`ladi, chunki bu o`yin 2012 yil yozida London maydonlarida bo`lib o`tadigan final bosqichida kim ishtirok etadiganini aniqlab beradi.

23 noyabr kuni Amirlikda bo`lib o`tgan birinchi uchrashuvda g`olibni aniqlash imkoni bo`lmadi, o`yin durang hisobida yakunlandi. BAA terma jamoasining imkoniyatlari bizning olimpiya terma jamoamiznikiga qaraganda ancha yaxshirok. BAA o`z guruhida 11 ochko bilan birinchi o`rinni egallab turibdia. Ularni ertangi uchrashuvda hattoki durrang natijasi ham qoniqtiradi. Lekin BAA futbolchilarining murabbiyi Mexdi Redxa aytishicha, uning jamoasi faqat g`alaba uchun maydonga tushadi. Bu uchrashuvdagi g`alaba, jamoaning oldinda bo`lib o`tadigan o`yinlar oldidan, o`yinchilar uchun o`zlariga bo`lgan ishonchini yanada oshiradi.

2

Jamoamiz uchun ertangi bo`lib o`tadigan uchrashuvda g`alaba suv va havodek zarur ekanligini O`zbekiston termasini murabbiyi ham aytib o`tgan. Vadim Abramov “shogirdlarim o`ttiz millionli aholi orzusini ro`yobga chiqarish uchun va Olimpiya o`yinlarida ishtirok etish uchun qo`ldan kelgancha harakat qilishadi” deb aytib o`tgan. Murabbiyning aytishicha, Iroq terma jamoasidan olgan mag`lubiyat, futbolchilarning jangavor kayfiyatiga ta`sir qilmadi va ertaga ular g`alaba kayfiyati bilan hal qiluvchi o`yinda ishtirok etish uchun maydonga tushushadi.

Matbuot anjumanida murabbiyga hamroh bo`lgan O`zbekiston termasining yarim himoyachisi Aybek Qilichev: muxlislar ob xavoga qaramasdan va jonli efirda olib beriladigan o`yinga qaramasdan, o`z jamoasini qo`llab quvvatlash uchun maydonga kelishadi – deb umid qiladi.

Eslatib o`tamiz, o`yin ertaga 14 mart kuni “Jar” maydonda soat 18:00 boshlanadi.

Kommentlar: 10 komment. 10 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. нодир

    яна узбекистон ютказдими??? афсус!!!

  2. Gol

    Ковун тушуриб куйишди, уят болла! Вадим Аврамовнинг шунча мехнатларини бир тийин эттила, шунча мухлислани умидичи! Билмадим, бу сафар болларимизга нима етишмади? хайронман, ёки хар дойимгиде об-хаво айбдорми?

  3. Номаълум

    узбекистон узи тугри уйнашни билмайди

  4. uzbek

    rasvo, yutib turgan joyida yutkazib ko’yishdi, ogan biletimam bekor, undan ko’ra uyda televizor orqali ko’rganim yaxshiydi

  5. abos

    yana umidimiz bor,balki chiqadi?

  6. murod

    xar doim uzbekiston futbolchilar shunaka qilishadi! qachon normalniy uynashni urganadilar???

  7. uz_game

    manimcha bizzi jamoa Londonga yullanmani qo’lga kiritishadi

  8. ali

    qanday qib? ularda haliyam imkoniyat bormi?

  9. Номаълум

    befoyda!!! uzbekistonga umid yoq

  10. jasur

    shunaka passiv xam bulasizmi??? uzbekiston xale uzini kursatadi.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social