O`zbekiston va Qatar uchrashuviga muxlislar uchun 34000 ta maxsus fotbolka tayyorlanadi

O`zbekiston va Qatar uchrashuviga muxlislar uchun 34000 ta maxsus fotbolka tayyorlanadi

18 iyun` kuni Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida O`zbekiston va Qatar milliy terma jamoalari JCh-2014 saralash ucharshuvi doirasida maydonga tushishadi. Hozirda mazkur muhim uchrashuvga  terma jamoa fan-klubi ham qattiq tayyorgarlik ko`rmoqda. Jumladan, mazkur klub sardori Abdurahmon Fozilovning uff.uz sayti ma`lum qilishicha Qatar bilan o`yinda barcha muxlislarning davlatimiz madhiyasini baravar ijro etishi uchun sharoit yaratiladi.

— Fan-klub tomonidan qanday yangi loyihalar amalga oshirilmoqda? 

O`tgan o`yinda madhiyamiz paytida butun stadion davlatimiz bayrog`i tusiga kirgan bo`lsa, bu o`yinda butun match davomida o`yingoh bayrog`imizni aks ettirib turadi. Xo`sh, bunga qanday erishamiz, degan savol tug`ilishi tabiiy. Federatsiyamiz yordami bilan O`zbekiston-Qatar o`yini kuni o`yingohga tashrif buyurgan har bir tomoshabinga davlatimiz bayrog`ining to`rt xil rangidagi futbolkalar va O`zbekiston bayroqchalari sovg`a qilinadi. 

Davlatimiz madhiyasini barcha muxlislar yoddan bilishiga shubhamiz yo`q bo`lsa-da, madhiya yanada mukammalroq ijroda bo`lishi uchun futbolkalarning elka tomoniga O`zbekiston madhiyasi matni tushirilgan bo`ladi. Maqsadimiz, madhiyamizni ishqibozlar shu darajada ijro etishsinki, bundan futbolchilarimizning ruhiyati ko`tarilib, raqib jamoa o`yinchilarini tizzalari qaltirab qolsin. Chempionat.uz sayti xabar berishicha ushbu 34 000 dona futbolkalarning ko`rinishi quyidagicha ko`rinishda bo`ladi.

O`sha kuni stadionga keladigan muxlislardan iltimosimiz, har bir o`rindiqqa yaxlit “mozaika” tasviri tashkil etish uchun bayrog`imizning to`rt rangidagi futbolkalar tarqatiladi, shuning uchun mabodo joy almashtirishga to`g`ri kelgan taqdirda ham, futbolkani o`sha o`rindiqdagi muxlis bilan alishtirib olishlarini so`raymiz. Shunda, aytaylik, bayrog`imizdagi moviy, oq, yashil rangi yoki qizil chiziq tashkil etishi kerak bo`lgan rangli futbolka boshqa joyda bo`lib, mozaika buzib ketilishining oldi olingan bo`ladi. Futbolkalarning oldi tarafida O`zbekiston yozuvi ham bo`ladi. Bundan tashqari, muxlislar uchun yana qo`shimcha “zo`r” yangiliklarimiz bor, lekin bu hozircha “sir” bo`laqolsin…

— Stadionda muxlislarga ko`mak beruvchi ko`ngillilar bo`ladimi?

— Jamoamizni qo`llab-quvvatlash bilan bir qatorda 200 nafar futbolsevar ko`ngilli (volontyor) muxlislarning stadionga kirishlarida kutib olib, ularga yaqindan yordam beradilar.

Kommentlar: 2 komment. 2 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Номаълум

    Haqiqatdan ham zo’r g’oya!!! Shu bilan futbolchilarimizni ruhiyati ham ko’tariladi!!! Qani OLG’A O’ZBEKISTON!!!!!

  2. Shahnoza

    Salom. Bunyodkor fun clubiga qanday a’zo bo’lish mumkun ?

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social