Afsonaviy futbolchi Pele vafot etdi

Afsonaviy futbolchi Pele vafot etdi

Afsonaviy futbolchi Pele (Edson Arantis de Nasimentu) 82 yoshida vafot etdi.

Braziliyalik futbolchi 2021-yil sentabr oyida saraton tufayli jarrohlik amaliyotini boshidan o‘tkazgan edi. 2022-yil boshida Pele kimyoterapiya amaliyotini o‘tagan. So‘nggi vaqtlarda unga kimyoterapiya ham yordam bermayotgani, uning ahvoli yomonlashayotgani xabar qilingandi.

Pele — Jahon Chempionatida uch marta g‘olib bo‘lgan tarixdagi yagona futbolchi (1958, 1962 va 1970-yillar).

JCH larida umumiy hisobda 14 ta o‘yinda ishtirok etib, 12 ta gol urgan va ularning 3 tasi finallarga to‘g‘ri keladi.

Pele Braziliya terma jamoasida 92 o‘yinda 77 ta golga mualliflik qilgan (1957-yildan 1971-yilga qadar). Uning rekordi deyarli 50 yil saqlanib turdi va yaqinda Neymar tomonidan takrorlandi.

Klub miqyosida sobiq futbolchi “Santos” sharafini himoya qilgan. Jamoa bilan birga Libertadores Kubogi va Qit’alararo Kubok sohibiga aylangan (1962 va 1963-yillar). Shuningdek, “Nyu-York Kosmos” jamoasida ham to‘p surgan.

Pele FIFA komissiyasi, World Soccer va France Football tomonidan XX asrning eng yaxshi futbolchisi deb tan olingan.

Kommentlar: 12 komment. 12 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    RIP

  2. Otabek

    Joylari jannatda busin

  3. Aziza

    sad sad sad sad

  4. Rustam

    Rosa yigladim ewitib

  5. Pokiza

    Eh…

  6. Nozima

    sad

  7. Неймар

    Жойлари жаннатда бусин

  8. Ezoza

    bye

  9. RiRi

    sad sad

  10. Usmon

    R.I.P

  11. Farruh

    cry cry cry

  12. KA

    sad cry

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social