PSJ o’yinchilarni sotuvga qo’ydi

PSJ o’yinchilarni sotuvga qo’ydi

Fransiyaning PSJ klubi Yevropa futbol uyushmalari ittifoqi (UEFA) tomonidan rad oldini olish maqsadida olti futbolchini sotish uchun qo’ydi.

Ma’lumotlariga ko’ra, jamoa moliyaviy Fair-play qoidalarini buzadigan taqdirda, UEFA 2018/19 mavsum Chempionlar ligasida Parijliklarni ishtirok etishini to’xtatishi bilan tahdid qildi. Shu munosabat bilan, klub Anxel Di Mariya, Xaver Pastore, Lukas Moura, Yulian Draksler, Hatem Ben Arfa, Tiago Silva, Blez Matyuidi va Serj Ore larni transferga qo’ydi. Oxirgi ikki o’yinchilar o’z navbatida, Italiyaning “Yuventus” va Angliyaning “Tottenxem” klublariga shu yozda sotilgan edi.

1-sentyabr kuni UEFA PSJ jamoasi moliyaviy Fair-play buzishi haqida shubha qilib, unga qarshi tergov ochdi. Shu yozda, PSJ Neymarni Barselonadan 222 million yevro evaziga xarid qildi va Monokodan 18 yoshli hujumchi Kilian Mbappeni 160 million evaziga ijaraga oldi.

Moliyaviy Fair-play qoidasi UEFAning sobiq prezidenti Mishel Platini tomonidan 2012-yilda kiritilgan edi. Uning so’zlariga ko’ra, Yevropa klublari o’z daromadlaridan ko’proq mablag’ sarflay olmaydi.

Manba: Rambler  

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social