Qachon bizning sportchilarimiz Sochidagi Olimpiadada o`z chiqishlarini namoyish etadilar?

Qachon bizning sportchilarimiz Sochidagi Olimpiadada o`z chiqishlarini namoyish etadilar?

Eslatib o`tamiz, Sochi Olimpiadasida O`zbekistonlik uch nafar sportchilar ishtirok etmoqdalar. Bular tog` chang`isi bo`yicha Kseniya Grigor`eva va Artyom Voronov, hamda muz ustida figurali uchish bo`yicha Misha Gyo.

O`yinlarda birinchi bo`lib Artem Voronov chiqadi – musobaqa 13-fevral kuni Toshkent vaqti bilan 12:00 da boshlanadi. Shu kuni qisqa dasturda soat 20:00 Misha Gyo o`z chiqishini boshlaydi. 14-fevral kuni xuddi shu vaqtda, u erkin dasturda chiqishi ham kutilmoqda.

16-fevralda Artyom Voronov katta slalom bo`yicha musobaqada qatnashadi, 22-fevral kuni esa – oddiy slalomda. Kseniya Grigor`eva 21-fevral kuni slalomda ishtirok etadi va musobaqaning boshlanish vaqti 17:45.

Sochi 2014 Olimpiadsa rasmiy saytida bizning sportchilarimizni qo`llab quvvatlash imkoniyati mavjud. Hozirgi vaqtda O`zbekiston uchun 3 500 dan oshiq odamlar ovoz berganlar. Ushbu ruyxatda O`zbekiston uchinchi o`rinni egalab turibdi.

O`zbekistonni shu berilgan so`rov orqali qo`llab quvvatlash mumkin – http://www.sochi2014.com/podderzhi-stranu

Bizning yurtdoshlarimizni Olimpiadada qo`llab quvvatlaylik!

Kommentlar: 5 komment. 5 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. jahon

    juda xam kutyapman bizning sportchilarimi chiqishlarini!!

  2. Firdavs

    olg’a uzbekiston!

  3. Firdavs

    bugun uzbekiston uz chikishlarni kursatadi! do’stlar kullab kuvvatlaylik xam yurtlarimizni!

  4. Исмингиз

    Misha Ge yaxshi chikishni kursatdi

  5. ShOx

    barakala uzbelar, bosh kelmanlar!

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social