Klublar o’rtasidagi jahon chempionatining yarim finalida «Real» jamoasi BAA ning «Al-Jazira» klubini mag’lubiyatga uchratdi. Uchrashuv Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahridagi «Shayx Zayed» stadionida bo’lib o’tdi va mehmonlar foydasiga 2:1 hisobida yakunlandi.
Birinchi bo’limning oxirida Al-Jazira o’yinchisi Mbark Boussufa jarima maydonchasiga yetib keldi va chap qanot himoyachisi Romarinxoga yordam berdi, Romarinxo esa pastki burchakka gol urdi va hisobni ochdi.
53-daqiqada Krishtianu Ronaldu jarima maydonida Luks Modrichdan to’pni qabul qilib oldi va o’ng pastki burchakka aniq zarba berdi. 81-daqiqada Lukas Vazkes jarima to’pini uzoq burchakdan oshirdi va Garet Beyl to’pni darvozaning bo’sh burchagiga aniq joylab qo’ydi.
Klublar o’rtasidagi jahon chempionatining finalida «Real» Braziliyaning «Gremio» klubi bilan o’ynaydi. «Al-Jazira» esa Meksikaning «Pachuca» klubi bilan uchinchi o’rin uchun maydonga tushadi.