«Real» El-Klasikoda «Barselona»ni mag‘lub etdi

«Real» El-Klasikoda «Barselona»ni mag‘lub etdi

Ashaddiy raqiblar Ispaniya chempionati 10-turida Madridda to‘qnashdi. Muxlislar o‘yinda an’anaviy qizg‘in kurashlar, hisobga olinmagan bir qancha gollar, amalga oshirilmagan penalti va qizil karta guvohi bo‘ldi.

26 oktabr kuni «Real» va «Barselona» Ispaniya chempionati 10-turida Madridda to‘qnashdi.

2-daqiqada mezbonlar vingeri Vinisius Junior raqibi Lamin Yamalning oyog‘iga tegib, raqib jarima maydonchasi ichida yiqilib tushdi. Bosh hakam Sesar Soto Grado 11 metrlik nuqtani ko‘rsatdi, biroq videoyordamchilarning maslahati bilan monitorda epizodning takroriy lavhasini ko‘rib, qarorni bekor qildi.

«Real» hujumchisi Kilian Mbappe 12-daqiqada hisobni ochdi. Ammo ko‘p o‘tmay hakam assistentlarning ishorasidan so‘ng, ofsayd sabab golni bekor qildi. Takroriy lavhadan so‘ng, Mbappening boldir qismi ofsaydda ekani ma’lum bo‘ldi.

«Real» hujumchisi baribir niyatiga yetdi va 22-daqiqada Jud Bellingem uzatmasidan unumli foydalanib, hisobni ochdi. Natijada, Mbappe ketma-ket to‘rtinchi klasikoda gol urdi.

«Barselona» futbolchisi Fermin Lopes 38-daqiqada hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, Jud Bellingem 43-daqiqada «Real»ni yana hisobda oldinga olib chiqdi.

52-daqiqada Kilian Mbappe penaltini aniq amalga oshirolmadi. Uning zarbasini darvozabon Voysex Shchensni qaytara oldi.

Qolgan daqiqalar qizg‘in kurashlar ostida o‘tgan bo‘lsa-da, muxlislar boshqa gol ko‘rmadi.

So‘nggi daqiqada «Barselona» futbolchisi Pedri ikkinchi sariq karta tufayli maydondan chetlatildi.

Bu natijadan so‘ng, «Real» 27 ochko to‘plab, peshqadamlikni mustahkamladi. «Barselona» 22 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.

Ispaniya chempionati, 10-tur

26 oktabr, Madrid. «Santyago Bernabeu» stadioni

Real (Madrid) 2:1 Barselona

Gollar: Kilian Mbappe (22), Jud Bellingem (43) – Fermin Lopes (38)

Amalga oshirilmagan penalti: Kilian Mbappe (52, darvozabon)

Sudya – Sesar Soto Grado (Toledo).

«Real»: Tibo Kurtua, Federiko Valverde (Daniel Karvaxal 72), Eder Militao, Din Xyoysen, Alvaro Karreras, Orelen Chuameni, Eduardu Kamavinga, Arda Gyuler (Braim Dias 66), Jud Bellingem (Dani Sebalos 90), Kilian Mbappe (Gonsalo Garsiya 90), Vinisius Junior (Rodrigo 72)

Bosh murabbiy: Xabi Alonso

«Barselona»: Voysex Shchensni, Jyul Kunde, Pau Kubarsi (Runi Bardagchi 83), Erik Garsiya (Mark Kasado 74), Alexandro Balde (Jyerar Martin 90), Frenki de Yong, Pedri, Lamin Yamal, Fermin Lopes, Markus Reshford, Ferran Torres (Ronald Arauxo 74)

Bosh murabbiy: Hans-Diter Flik

Ogohlantirishlar: Federiko Valverde (23), Pedri (42), Din Xyoysen (57), Fermin Lopes (90)

Chetlatish: (Pedri 90+9)

Kommentlar: 9 komment. 9 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Real Barsani bosib otdi, natija oyinni butunlay korsatmaydi

  2. Real Barsaga vashe hech nima qilishni bermadi, oyinni butunlay boshqardi

  3. Gulleri bitta xatosi gol boldi, boshqa Barsa hech nima oylab topolmadi

  4. Oyin juda zor boldi, oyindan keyn kloun Yamalni joyga qobqoyishdi

  5. Otasi kloun, oziyam kloun

  6. HALA MADRID!

  7. Bravo! Zor oyin boldi!

  8. Daxshat oyin boldi a tak lekin

  9. hala madrid. Mbappe the king!

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social