«Real» navbatdagi El` Klassikoda «Barselona»ni mag`lubiyatga uchratdi (+video)

«Real» navbatdagi El` Klassikoda «Barselona»ni mag`lubiyatga uchratdi (+video)

Ispaniya chempionatining 31-turidan o`rin olgan “Barselona” – “Real” o`rtasidagi uchrashuvi bo`lib o`tdi. Unda 1:2 hisobi qayd etilib, madridliklarning g`alabasi bilan yakunlandi.

O`yin kutilganidek, asabiy va keskin kurashlarga boy tarzda boshlandi. Lekin, birinchi bo`limda darvozabonlar daxlsizlikni saqlab qola olishdi va jamoalar 0:0 hisobida tanaffusga chiqib ketishdi.

Uchrashuvning 56-daqiqasida “Barselona” ketma-ket amalga oshirgan burchak zarbasini bu galgisini samarali yakunladi. Rakitich oshirib bergan to`pni Pike boshi bilan darvozaga aniq yo`lladi – 1:0. Oradan 6 daqiqa o`tgach Marselo-Kroos-Benzema ijrosidagi kombinatsion hujumni Karim “chalqancha” uslubdagi goli bilan yakunladi – 1:1.

83-daqiqada Serxio Ramos ikkinchi sariq kartochkasi tufayli qizil olib maydonni tark etdi. 85-daqiqada “Real” bir kishi kam bo`lib “Barselona” darvozasini ishg`ol qildi. Karvaxal`-Xese-Beyl-Ronaldu “kvarteti” uyuishtirgan chiroyli hujumi juda chiroyli yakunladi. Ronaldu to`pni jarima maydonchasi ichida qabul qilib oldi va bemalol golni kiritdi – 1:2.

Video:

Barselona – Real Madrid 1:2

Gollar: Pike 56, – 1:0. Benzema 62, – 1:1. Ronaldu 85, – 1:2. 

Barselona – Bravo, Pike, Al`ba, Dani Alves, Buskets, Rakitich (Turan, 74), Maskerano, In`esta, Neymar, Messi, Suares.

Real Madrid 
– Navas, Pepe, Marselo, Karvaxal`, Ramos, Modrich, Kazemiro, Kroos, Beyl (Vaskes, 90), Ronaldu, Benzema (Xese, 78).

Ogohlantirishlar
: Ramos (10), Karvaxal` (18), Suares (27), Maskerano (29), Rakitich (58).

Chetlatish
: Ramos (83).

Manba: uff.uz

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Собир

    Реал ёриб ташадику. Борган сари Барсани ўйини пасайиб кетвотти

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social