Real – Qirol kubogisiz qoldi!

Ispaniya Kubogidagi ikki o`yindan iborat “Real” va “Barselona” ning to`qnashuvi ham o`z yakuniga etdi. Ushbu to`qnashuvdagi g`alaba kataloniyaliklarda qoldi. Kecha bo`lib o`tgan javob o`yin durang natija bilan yakunlangan bo`lsa ham, ikki o`yinning umumiy hisobi bo`yicha “Barsa” g`olib chiqdi.

“Real” klubi birinchi taymning so`ngida bir oz bo`sh o`yin ko`rsatdi, sababi “Barsa” 2:0 hisobi bilan oldinga o`tib oldi. Shunga qaramasdan “Real” o`yin sur`atini yaxshilash uchun o`zida kuch topa oldi. Barselonaning birinchi golida Messi qarshi hujumda faol ishtirok etib, yonida bir yo`la “Real” ning uchta himoyachisini chalg`itib to`pni Pedroga oshirdi, keyin Pedro to`pni to`ppa to`g`ri Kasilos qo`riqlayotgan darvozaga joylab qo`ydi. Ikki daqiqa o`tganidan so`ng, Daniel Alves burchak to`pi uzatilganidan keyin to`pni to`ppa-to`g`ri “devyatkaga” muxrlab qo`yib, hisobni 2:0ga etkazdi.
2

O`yinning 68chi daqiqasida Krishtianu Ronaldu o`yindagi hisobni o`zgartirdi. Portugaliyalik ushbu mohir o`yinchi Mesut Ozil uzatgan to`pni olib, himoyachilarni ustalik bilan chetlab o`tdi. Karim Benzema esa“Realni” mag`lubiyatdan qutqarib qoldi. Karim Benzema Xose Kal`exon boshi bilan uzatgan to`pi uchun ancha minnatdor bo`lgan bo`lsa kerak. Shu bilan hisob 2:2 ga etdi. Eslatib o`tamiz, birinchi o`yinda “Barsa” 2:1 hisobi bilan g`alaba qozongan edi. O`sha o`yinda “Real” tarkibidan Krishtianu Ronaldu, “Barsa” tarkibidan esa Puyol va Abidal gol kiritishgan edilar. Keyingi o`yinda esa kataloniyaliklar, “Valensiya”  va “Levante” juftligida g`olib chiqqan komanda bilan to`p surishadi.

Kommentlar: 11 komment. 11 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. нодир

    афсус!!!!! лекин реалга Ла Лига ва Лига чемпионда омад!

  2. real_uz

    Real Madrid uyinlari ochilishni boshladi, shunday tarzda ketavering yigitlar!

  3. barsa

    Realga Barsa yutishga xale uzoq!!!

  4. Olim

    Barsa yutaverib charchamadimi? Kim bu ajdarlani to’htatolidi?

  5. Gol

    O’yin rosa qizziqarli tarzda o’tdi. O’yin ancha kech boshlanganiga qaramasdan o’tirib ko’rdim, chunki bunday o’yinlar shunga arziydi. Man o’zim chiroyli o’yin tarafdori bo’ldim, sababi Realga muxlislik qilib charchadim. Bu safar faqat chiroyli o’yin tarafdori bo’ldim

  6. Uz_Gol

    мана буни уйин деса булади. барибир Реал чемпион, Криштианунинг махоратига коил, Моуриню хам молодец

  7. Amir

    Uz_Golga: Kristianuni mahorati etmaganidan Real kubokki ololmadi. Maurinyoniku gapirmasa bo’ladi. Og’zini ko’pirtirib hammani yirtim tashlimiza deb. Chelsida murabbiylik qilganida ham huddi shu vaziyat deb ketgan edi. Jose Guardiola esa eng yosh va olijanob murabbiy. Tasanno!

  8. /-/

    Жозе Мауриньё хар доимгидей ковун тушуриб куяди.

  9. нодир

    хозир гап суз буляпти, жозе моуриньо ёзда реалдан кетмокчи, кизик моуриньо кетса,кейин реалга ким мурабийлик килар экан?

  10. Gol

    Uning o’rniga Arsen Veger kelishi mumkin

  11. нодир

    энди жозе моуриньо урнига куп хохлувчилар булади. чунки реални хам яхши кутарса булади.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social