«Real» Ramos jamoadan ketishini e’lon qildi

«Real» Ramos jamoadan ketishini e’lon qildi

Madridning «Real» klubi jamoa sardori Serxio Ramos ketganini e’lon qildi. Klub rasmiy saytida yozilishicha, 17 iyun kuni futbolchi bilan xayrlashish marosimi o‘tkaziladi. Shundan keyin Ramos OAV vakillari uchun matbuot anjumanida qatnashadi.

Ma’lumot uchun, Serxio Ramos 2005 yildan buyon «Real» safida o‘ynab keladi. U «Sevilya»dan 27 million yevro evaziga sotib olingan. O‘shanda «Real» Ramos uchun kurashda «Barselona» va «MYu»dan ustun kelgan. 16 yillik faoliyati davomida Ramos «Real» bilan 4 marta YeChLda, 5 marta La Ligada, 4 marta Ispaniya superkubogida va yana boshqa musobaqalarda g‘olib bo‘lgan.

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. тимур

    эхххх легенда кетвотти! Катта рахмат сенга серхио! келажакда омад тилайман!

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social