“Real” va “Chelsi” yarim finalda (+GIF)

“Real” va “Chelsi” yarim finalda (+GIF)

Evropa Chempionlar ligasi chorak finalidan o`rin olgan “Borussiya” va “Real” uchrashuvi o`z nihoyasiga etdi. Madridning “Real” jamoasi garchi 2:0 hisobida yutqazgan bo`lsada, birinchi uchrashuvdagi g`alaba ularga xaqli ravishda yarim final yo`llanmasini taqdim etdi.

Birinchi bo`lim boshida madridliklarda juda yaxshi imkoniyat yuzaga keldi. Uchrashuvning 16 daqiqasida “Borussiya” darvozasi tomon belgilangan penaltidan Di Mariya foydalana olmadi. Uyining 23 daqiqasida hisob ochildi. Himoyachi Pepe boshi bilan to`pni orqaga Marko Roysga tashlab berdi. Ushbu vaziyatdan foydalangan yarim himoyachi to`pni darvozaga yo`lladi 1:0. Birinchi bo`limning 37 daqiqasida hisob 2:0 ga etdi. Ushbu golga yana Marko Roys mu`alliflik qildi. Birinchi bo`lim oxirlari hamda ikkinchi bo`limda “Borussiya” da juda qulay imkoniyatlar bo`ldi. Ammo “Borussiya” futbolchilari ushbu imkoniyatdan foydalana olishmadi. “Borussiya”-“Real” 2:0.

Aynan shu kuni Evropa Chempionlar ligasi chorak finalidan o`rin olgan “Chelsi” hamda “PSJ” o`rtasidagi javob uchrashuvi bo`lib o`tdi. Unda Londonliklar 2:0 hisobida o`zlari uchun kerakli g`alabani qo`lga kiritishdi.

Uchrashuvning ilk daqiqalaridan “Chelsi” hujumga tashlandi. “PSJ” esa himoyaviy o`yin taktikasini tanladi. Bo`lim boshlarida jarohat olib maydonni tark etgan Eden Azar o`rniga maydonga tushgan Shyurli 32 daqiqaga kelib jamoasini oldinga olib chiqdi. Yon chiziqdan uzatilgan to`pga David Luiz baland sakrab etib oldi v to`pga birinchi bo`lib etib kelgan Shyurli kuchli zarb bilan to`pni Sirigu darvozasi tomon aniq yo`lladi. Hisob 1:0.

Ikkichi bo`lim ham “Chelsi” ning ustinligi ostida boshlandi. Ammo hisob o`yin tugashiga 3 daqiqa qolganda ochildi. Joze Mourin`o kerakli vaqtda kerakli o`yinchini maydonga tushirdi. Zaxiradan maydonga tushgan Demba Ba “Chelsi”ga qimmatli golni olib keldi. 2:0 hisobi “Chelsi”ni keyingi bosqichga olib chiqdi.

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Исмингиз

    chelsea va atletiko madrid kutilmaganday chikqdilar yarim finalga smile
    real krasavchik!!!

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social