«Rolan Garros» tennis musobaqasi kuzga ko‘chirildi

«Rolan Garros» tennis musobaqasi kuzga ko‘chirildi

«Katta dubulg‘a» seriyasiga kiruvchi yirik musobaqalardan biri «Rolan Garros» kronavirus pandemiyasi sababli kuzga ko‘chirildi.

Bu haqda musobaqa tashkilotchilari saytida ma’lum qilingan.

“Katta dubulg‘a”ning mavsumdagi ikkinchi musobaqasi bo‘lgan Fransiya ochiq chempionati 24 maydan 7 iyungacha o‘tkazilishi rejalashtirilgandi. Endilikda turnirni 20 sentyabrdan 4 oktyabrgacha o‘tkazishga qaror qilindi.

“Biz bunday misli ko‘rilmagan vaziyatda murakkab, biroq jur’atli qarorni qabul qilishimizga to‘g‘ri keldi. O‘tgan bir hafta ichida vaziyat tubdan o‘zgarib ketdi. Biz mas’uliyat bilan harakat qilamiz va har bir kishining sog‘lig‘i va xavfsizligi uchun kurashishimiz lozim”, deb aytgan Fransiya tennis federatsiyasi prezidenti Bernard Judichelli.

Ta’kidlanishicha, musobaqaga sotib olingan chiptalarni qaytarish yoki kuzda o‘tkaziladigan musobaqa chiptalariga almashtirish mumkin bo‘ladi.

Ta’kidlab o‘tish joiz, agar “Rollan Garros” kuzda o‘tsa, u bilan “Katta dubulg‘a”ga kiruvchi yana bir musobaqa – AQSh ochiq chempionati orasidagi tanaffus bor-yo‘g‘i bir haftani tashkil qiladi, chunki US Open 24 avgustdan 13 sentyabrgacha o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Avvalroq Professional tennischilar assotsiatsiyasi ATP o‘z shiori ostida o‘tuvchi musobaqalarning o‘tkazilishini 20 aprelgacha, ayol tennischilar assotsiatsiya WTA esa 2 maygacha to‘xtatgandi.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social