Yevro-2020 keyingi yilga qoldirildi

Yevro-2020 keyingi yilga qoldirildi

Tarixda ilk marta qit’a birinchiligi o‘tkazilishi muddati ko‘chirildi. Musobaqa shu yilning 12 iyunidan 12 iyuligacha bo‘lib o‘tishi kerak edi

UYeFA 2020 yilgi Yevropa chempionatini 2021 yilda o‘tkazishga qaror qildi.

Musobaqa kelasi yil 11 iyundan 11 iyulgacha bo‘lib o‘tadi.

Tarixda ilk marta qit’a birinchiligi o‘tkazilishi muddati ko‘chirildi. Musobaqa shu yilning 12 iyunidan 12 iyuligacha bo‘lib o‘tishi kerak edi.

Bu yilgi Yevropa chempionatini Sankt-Peterburg, London, Myunxen, Boku, Rim, Buxarest, Dublin, Kopenhagen, Bilbao, Glazgo, Budapesht va Amsterdam shaharlarida o‘tkazish rejalashtirilgandi.

Xitoyda boshlangan koronavirus epidemiyasi qisqa vaqt ichida dunyoning 130dan ortiq davlatlariga tarqaldi va pandemiya deb e’lon qilindi.

Natijada bu yil o‘tkazilishi rejalashtirilgan ko‘plab sport tadbirlari bekor qilindi.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social