Ronaldu Ali Daiyning «o‘zgarmas» rekordini yangiladi

Ronaldu Ali Daiyning «o‘zgarmas» rekordini yangiladi

Yevropa qit’asida JCh-2022 saralashidan o‘rin olgan Portugaliya – Irlandiya (2:1) bahsida mezbonlar 89 va 90+6-daqiqalarda Krishtianu Ronaldu tomonidan urilgan gollar evaziga  irodali g‘alabaga erishishdi. 

Shu tariqa Ronaldu Portugaliyadagi gollarini 111taga yetkazib, milliy jamoalar miqyosida eng ko‘p to‘p kiritgan eronlik sobiq hujumchi Ali Daiyning rekordini (109) yangiladi.

Hujumchi o‘yindan so‘ng «instagram» sahifasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Hatto so‘z topa olmayapman! Xursandman! Bu — ajoyib tuyg‘u! Olg‘a, Portugaliya! Faoliyatim davomida men qo‘ygan rekordlar ko‘p, ammo bunisi bilan juda ham faxrlanaman.

Mamlakatim sharafini himoya qilishim o‘ziga xos lahzadir, chunki portugaliyaliklar qanday kuchga ega ekanligini ko‘rsatayotganimni bilaman. 111ta gol butun dunyodagi millionlab portugaliyaliklarning birligi uchun. Ular uchun qurbon bo‘lsang, arziydi. Bu yutuqni yuqori baholashimning yana bir sababi — Ali Daiy standartni shu qadar yuqori qo‘ygandiki, hatto bir paytlar rekordga hech qachon yetib bormasligimni o‘ylay boshladim. Rekordni uzoq vaqt saqlagani uchun Alini tabriklayman va har safar gol urganimda menga hurmat ko‘rsatgani uchun rahmat aytaman.

Rahmat, Portugaliya! Unutilmas sayohat uchun barcha jamoadoshlarim va raqiblarga tashakkur. Davom etamiz. Hozircha hisobni yopmoqchi emasman», — deb yozadi Ronaldu.

Shuningdek, 36 yoshli futbolchi milliy jamoadagi bahslar soni bo‘yicha (180) ispaniyalik himoyachi Serxio Ramosga qarashli Yevropa rekordini takrorladi. Malayziyalik So Chin Aunga tegishli jahon rekordiga (195) esa 15ta o‘yin qoldi.

 

Kommentlar: 8 komment. 8 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    хакикий мошина! баракалла!

  2. Bobur

    Messi undan yaxwiro! K6pini penaltidan urgan cool

  3. Fan

    Glory glory Man United!

  4. Sumayya

    Toʻri etas Bobur Messi undan yaxshiro man uchunam Ranaldo oʻzi fudbol yulduzi lekin man nmagadir shuni tan ogim kemidi.Nma disila bu ichi qoralimikinaaaa

  5. Fazo.tv

    Salom Sumayya, yo’q unday emas, hamma o’z fikriga ega va hech kim bu fikrni noto’g’ri deya olmaydi. Shu bilan dunyo qiziq smile

  6. Fazo.tv

    Albatta fikr qonunga qarshi bo’lmasa rofl

  7. Sumayya

    Toʻri etas agar fikr qonunga qarshi boʻmasa smile

  8. Fazo.tv

    Sumayya, shuning uchun fikringiz uchun raxmat smile

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social