The Best—2022. FIFA mavsumning eng yaxshilarini taqdirladi

The Best—2022. FIFA mavsumning eng yaxshilarini taqdirladi

FIFA 27-fevral, dushanba kuni mavsumning eng yaxshilariga The Best sovrlarinini topshirdi.

Yilning eng yaxshi o‘yinchisi sifatida “PSJ” klubi va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi e’tirof etildi.

Ushbu sovringa, shuningdek, fransiyalik futbolchilar Kilian Mbappe (“PSJ”) va Karim Benzema (“Real”) da’vogarlik qilgandi.

Yilning eng yaxshi murabbiyi nomiga Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni munosib topildi. Ushbu sovringa da’vogarlar uchligida Karlo Anchelotti (“Real”) va Xosep Gvardiola (“Manchester Siti”) bor edi.

Argentina terma jamoasining yana bir vakili Emiliano Martines (“Aston Villa”) yilning eng yaxshi darvozaboniga aylandi. Bu borada Martinesga Tibo Kurtua (“Real”, Belgiya) va Yassin Bunu (“Sevilya”, Marokash) raqobatchi bo‘lgandi.

Yilning eng chiroyli goli muallifiga topshiriladigan “Pushkash sovrini”ga polshalik Marchin Oleksi loyiq ko‘rildi.

FIFA va FIFPro talqiniga ko‘ra yil ramziy terma jamoasi

Darvozabon: Tibo Kurtua (“Real”, Belgiya);

Himoyachilar: Ashraf Hakimi (“PSJ”, Marokash), Joau Kanselu (“Manchester Siti”, Portugaliya), Virjil van Deyk (“Liverpul”, Niderlandiya);

Yarim himoyachilar: Kevin de Bryuyne (“Manchester Siti”, Belgiya), Luka Modrich (“Real”, Xorvatiya), Kazemiro (“Manchester Yunayted” / “Real”, Braziliya);

Hujumchilar: Lionel Messi (“PSJ”, Argentina), Kilian Mbappe (“PSJ”, Fransiya), Karim Benzema (“Real”, Fransiya), Erling Holand (“Manchester Siti” / “Borussiya D”, Norvegiya).

Shuningdek, quyidagi sovrinlar o‘z egalariga topshirildi:

  • Eng yaxshi futbolchi (ayollar) — Aleksiya Putelyas (“Barselona”, Ispaniya);

  • Eng yaxshi darvozabon (ayollar) — Meri Erps (“Manchester Yunayted”, Angliya);
  • Eng yaxshi murabbiy (ayollar) — Sarina Vigman (Angliya ayollar terma jamoasi);
  • Eng yaxshi muxlislar — Argentina terma jamoasi muxlislari;
  • Feyr-pley sovrini — Luka Lokoshvili (o‘yin vaqtida raqib futbolchisini saqlab qolishga yordam bergan);
  • Maxsus sovrin — Pele.

Sovrindorlar 2021/22-yilning mavsumning boshlanishidan JCH—2022 ning tugashigacha bo‘lgan davrdagi natijalar bo‘yicha aniqlandi.

Kommentlar: 15 komment. 15 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    GOAT cool

  2. Farruh

    Cristiano nominatsiyagam kiritilmadimi??

  3. Aziza

    Faqat Messini bilan, qoganla kim?

  4. Yusuf

    negative negative Benzema oliwi keredi

  5. Samir

    Skaloni??? An4elotti4i???

  6. Нозим

    Ула майли, Куртуа чи? Мартинес факат жахон чемпионатида яхши уйнади, Куртуа бутун мавсум зур турди

  7. Tohir

    Messi qirol cool

  8. Jonibek

    good

  9. Yusufbek

    Ronaldu kim? Ronaldu nima? Messi qirol!

  10. K

    SIUuuuuuuuuuuuuuuuuuuuuuuuuuu

  11. Toir Jr.

    Vamoooooos

  12. Jim

    Qirol haqiqiy qirol

  13. Ed

    good good

  14. Avazbek

    Oltin to’pni ham olsa kerak

  15. Gulli

    ularga omad insholoh undanda yuqori natijalarni egalashsin

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social