To’rtta futbolchi bitta darvozabonga qarshi! (video)

To’rtta futbolchi bitta darvozabonga qarshi! (video)

Argentinalik “River Plate” klubining futbolchilari “Belgrano” klubiga qarshi kechgan o’yinda barcha ijtimoiy tarmoqlarda mashhur bo’lishdi. Ularning mashhur bo’lishiga o’yin so’ngi daqiqalaridagi qizziq vaziyat sabab bo’ldi. Uchrashuv so’ngi daqiqalarida “River Plate” ning to’rtta futbolchisi qarshi hujumga chiqqan va yolg’iz qolgan raqib jamoa darvozabonini mag’lub etisha olmagan!

“River Plate” futbolchilari tezkor qarshi hujumni tashkil etishgan, natijada esa to’rtta futbolchi raqib jamoa darvozaboniga qarshi qolishgan. Ammo, hujumchi Tomas Andrade bo’sh darvozaga gol kirita olmagan, sababi raqib darvozaboni o’z reaksiyasi evaziga darvoza chizig’idan to’pni olib chiqishga ulgurdi.

Ushbu muvaffaqiyatsizlikga qaramay, “River Plate” ushbu o’yinni 2:1 hisobida g’alaba bilan yakunladi va Argentina chempionatida oltinchi o’rinni mustahkamlandi. “Belgrano” 13 ochko bilan jadvalda oxiridan bitta oldingi o’rinni egallab turibdi.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social