UEFA-2016: Vengriya 3:3 Portugaliya

UEFA-2016: Vengriya 3:3 Portugaliya

UEFA-2016 chempionati F guruhidan o’rin olgan 3-turida Vengriya va Portugaliya jamoalari maydonga tushishdi. O’yin jangovar darajada o’tdi va 3:3 hisobida o’yin o’z payoniga yetdi.

Mazkur o’yinda Portugaliya qaltis vaziyatda turgan edi, lekin durang natija ikkala jamoani ham keyingi bosqichga chiqish masalasini hal qildi.

Keyingi bosqichda Portugaliya jamoasi Xorvatiya jamoasiga qarshi o’yinga tushadi. Vengriyaning raqibi esa hozircha noma’lum. O’yindan so’ng Portugaliya jamoasi sardori Krishtiano Ronaldo o’yin qiyin o’tgani, ular hatto chiqib ketishlari mumkinligini va qiyinchilik bilan bo’lsa ham keyingi bosqich masalasini hal qila olgani haqida aytib o’tdi. Shuningdek, Ronalda Ispaniya jamoasini mag’lub eta olgan Xorvatiya jamoasini hurmat qilishini va ularga munosib qarshilik ko’rsata olishini ta’kidlab o’tdi.

venger

Vengriya 3:3 Portugaliya
Gollar:
1:0 – 19 Gera, 1:1 – 42 Nani, 2:1 – 47 Jujak, 2:2 – 50 Ronaldu, 3:2 – 55 Jujak, 3:3 – 62 Ronaldu.

Tarkiblar:

Vengriya: Kiray, Guzmich, Korxut, Lang, Yuxas, Elek, Pinter, Lovrenchich (Shtiber, 82), Jujak, Gera (Beshe, 46), Salai (Nemet, 71).
Portugaliya: Ruy Patrisiu, Karvalyu, Pepe, Elizeu, Vieyrinya, Moutinyu (Sanshesh, 46), Vilyam Karvalyu, Nani (Danilo, 80), Andre Gomesh (Kuarejma, 61), Joau Mariu, Ronaldu.
Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. RealMadrid

    O’yinmisan o’yin bo’ldida. Ranaldo o’z so’zini aytdi. Uni goli EURO 2016 ni eng zo’r va chiroyli goli bo’lib qoldi.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social