UEFA Chempionlar Ligasi guruh bosqichi 18 sentyabrda boshlanadi

UEFA Chempionlar Ligasi guruh bosqichi 18 sentyabrda boshlanadi

30 avgust Monakoda UEFA Chempionlar Ligasi guruh bosqichi qur`a tashlash marosimi bo`lib o`tdi. To`rta savatga reyting bo`yicha saralangan 32 ta jamoa guruh bahslarida qaysi guruhda o`z omadlarini sinab ko`rishini bilib olishdi.

Amaldagi kubok soxibi “Chelsi” o`z unvonini ushlab qolish uchun bor imkoniyatlarini kuchga solishi turgan gap. Sababi 2012/13-yilgi mavsum asosiy o`yini, ya`ni UEFA Chempionlar Ligasi final o`yini aynan Londonda, “Uembli” maydonida bo`lib o`tadi.

Guruh bosqich o`yinlari 18/19 sentyabr, 2/3 oktyabr, 23/24 oktyabr, 6/7 noyabr, 20/21 noyabr va 4/5 dekabr kunlarida bo`lib o`tadi. Har bir guruhning ikkita eng kuchli jamoalari 1/8 finalida ko`rashni davom ettirishsa, uchinchi o`rin soxiblari  UEFA Evropa ligasiga 1/16 finaliga yo`l olishadi.

Qur`a  natijasi  jamoalarni  qo`yidagi  guruhlarga  ajratib  berdi:

Gruppa A: “Portu” (Portugaliya), “Dinamo” (Kiev, Ukraina), PSJ (Frantsiya), “Dinamo” (Zagreb, Xorvatiya)

Gruppa B: “Arsenal” (Angliya), “Shal`ke” (Germaniya), “Olimpiakos” (Gretsiya), “Monpel`e” (Frantsiya)

Gruppa S: “Milan” (Italiya), “Zenit” (Rossiya), “Anderlextom” (Bel`giya), “Malagoy” (Ispaniya).

Gruppa D: “Real” (Ispaniya), “Manchester Siti” (Angliya), “Ayaks” (Gollandiya), “Borussiya” (Dortmund, Germaniya)

Gruppa E: “Chelsi” (Angliya), “Shaxter” (Ukraina), “Yuventus” (Italiya), “Nordshelland” (Daniya)

Gruppa F: “Bavariya” (Germaniya), “Valensiya” (Ispaniya), “Lill`” (Frantsiya), BATE (Belorussiya)

Gruppa G: “Barselona” (Ispaniya), “Benfikoy” (Portugaliya), “Spartak” (Rossiya), “Seltikom” (Shotlandiya)

Gruppa H: “Manchester Yunayted” (Angliya), “Braga” (Portugaliya), “Galatasaray” (Turtsiya), ChFR (Ruminiya)

Kommentlar: 3 komment. 3 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Gol

    Ювентус кайтди, манимча бу галги чемпионат олдингиларига караганда анча киззикарли булади

  2. Номаълум

    тугри айтдиз “Gol”, бу галги чемпионатда факат 2 ёки 3 команда фаворит эмас, балки фаворит жамолар сони анча купайди

  3. Номаълум

    D gruppa haqiqat o’lim gruppasi

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social