Usmon Dembele «Oltin to‘p» sohibi bo‘ldi

Usmon Dembele «Oltin to‘p» sohibi bo‘ldi

Fransiya milliy jamoasi va «PSJ» klubi futbolchisi Usmon Dembele 2024-2025 mavsumining eng yaxshi futbolchisi sifatida France Football nashrining «Oltin to‘p» sovriniga ega bo‘ldi. «PSJ» eng yaxshi klub, Luis Enrike eng yaxshi murabbiy deb topildi.

Fransiya poytaxti Parijning «Shatle» teatrida France Football jurnali tomonidan «Oltin to‘p» sovrinini topshirish marosimi o‘tkazildi.

Usmon Dembele – «Oltin to‘p» sohibi

Fransiya milliy jamoasi va «PSJ» klubi a’zosi Usmon Dembele mavsumning eng yaxshi futbolchisi sifatida «Oltin to‘p» sovriniga ega bo‘ldi. U ovoz berish jarayoni yakuniga ko‘ra, asosiy raqibi – «Barselona» a’zosi Lamin Yamalni ortda qoldirdi.

Luis Enrike – eng yaxshi murabbiy

«PSJ» ustozi Luis Enrike mavsumning eng yaxshi murabbiyi sifatida Yohan Kroyff nomidagi mukofotga sazovor bo‘ldi. Ispaniyalik mutaxassis ovoz berish jarayonida Hans-Diter Flik («Barselona»), Enso Mareska («Chelsi») va Arne Slotni («Liverpul») ortda qoldirdi. O‘tgan mavsumda «PSJ» Fransiya chempionati, Kubogi, Superkubogi, Chempionlar Ligasi va UYeFA Superkubogida g‘alaba qozondi, shuningdek, Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ikkinchi bo‘ldi.

Lamin Yamal – eng yaxshi yosh futbolchi

Ispaniya milliy jamoasi va «Barselona» klubi hujumchisi Lamin Yamal mavsumning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi. U qatorasiga ikkinchi marta ushbu sovrinni qo‘lga kiritdi. 18 yoshli futbolchi «Oltin to‘p» marosimida Raymon Kopa nomidagi mukofotni qabul qildi. Ushbu sovringa 21 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar da’vogarlik qiladi. Yamal ovoz berish jarayoni yakunlariga ko‘ra Pau Kubarsi («Barselona»), Ayyub Buaddi («Lill»), Dezire Due («PSJ»), Estevao («Chelsi» / «Palmeyras»), Din Xeysen («Real» / «Bornmut»), Maylz Lyuis-Skelli («Arsenal»), Rodrigo Mora («Portu»), Joau Nevesh («PSJ») va Kenan Yildizni («Yuventus») ortda qoldirdi.

Janluiji Donnarumma – eng  yaxshi darvozabon

«Manchester Siti»ning amaldagi va «PSJ» klubining sobiq posboni Lev Yashin nomidagi mukofotni oldi. Bu italiyalik futbolchining ikkinchi shunday sovrini, avvalgisi 2021 mavsumda qo‘lga kiritilgan.

«PSJ» – eng yaxshi klub

Fransiyaning «PSJ» klubi mavsumning eng yaxshi jamoasi deb topildi. Parijliklar ovoz berish jarayonida «Barselona», «Botafogo», «Chelsi» va «Liverpul»ni ortda qoldirdi. O‘tgan mavsumda «PSJ» Fransiya chempionati, Kubogi, Superkubogi, Chempionlar Ligasi va UYeFA Superkubogida g‘alaba qozondi, shuningdek, Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ikkinchi bo‘ldi.

Viktor Gyokeresh – eng yaxshi to‘purar 

Londonning «Arsenal» klubi va Shvetsiya milliy jamoasi hujumchisi Viktor Gyokeresh mavsumning eng yaxshi to‘purari sifatida Gerd Myuller nomidagi mukofotni qo‘lga kiritdi. U o‘tgan mavsumda Shvetsiya milliy jamoasi va Portugaliyaning «Sporting» klubi tarkibida 63 ta gol urdi.

Eslatib o‘tamiz, barcha mukofotlar mavsum yakuniga ko‘ra (2024 yil 1 avgustdan 2025 yil 31 iyulgacha) topshiriladi, yil yakuniga ko‘ra emas.

Kommentlar: 15 komment. 15 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Hammasi togri berilgan

  2. Usman otgan yili natijalari haqiqiy golib natijalari

  3. Lekin bitta narsa bilan rozimasman

  4. Nimaga Yamal 2 orinda??? Saloh undan kora yaxshi natajalar korsatgan

  5. Saloh 2 orinda bolishi kerak!

  6. Oltin top anchadan beri obrouni yoqotgan

  7. Usmonni tabriklayman

  8. Barakalla

  9. Bravo!

  10. Usmonmas Ousman dash

  11. Jamshid

    Salah yaxshiroq

  12. Futbol kormasamam, tabrikliman

  13. Dilshod

    good good good

  14. Yamal yutishi kerak edi!!!

  15. Xurshid

    PSG heart

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social