Vadim Men`kov va Abbos Atoevning ajoyib chiqishlari!

Vadim Men`kov va Abbos Atoevning ajoyib chiqishlari!

Boks: Abbos Atoev boks bo`yicha Londondagi Olimpiada o`yinlarining 75 kg. vazm toifasida yarim finalga yo`l oldi. Chorak finalda 17:13 hisobi bilan Abbos Pekinda bo`lib o`tgan Olimpiada o`yinlarining bronza medali soxibi Vijenderom (Xindiston) ustidan g`alaba qozondi. Endi esa Abbos Atoev finalga yo`lanma uchun Yaponiya vakili Murata Rioto bilan jang olib boradi. Jang 10 avgust kuni bo`lib utadi.

160 kg. vazm toifasida esa Fazliddin Gaibnazarov yarim finalga chiqaolmadi. 13:16 hisobi bilan u Janubiy Koreyalik Xan Sunchuluga yutkazgan.

Kanoeda so`zish: Ikki karra jahon chempioni Vadim Men`kov yakka kanoeda eshkak eshish musobaqalarida Olimpiada o`yinlarining finaliga chiqdi. Saralashning birinchi bosqichida Vadim marraga ikkinchi bo`lib keldi. Chorak finalda esa masofani 3:53.257 vaqti bilan to`rtinchi bo`lib keldi va finalga ishtirok etish xuquqini qo`lga kiritdi. G`oliblarning ismlari 8 avgust kuni ma`lum bo`ladi.

2

Og`ir atletika: O`zbekiston vakili Ruslan Nuruddinov 105 kg. vazm toifasida bronzadan bir qadamda ortda qoldi. 404 kg. natijasi bilan (184+220) to`rtinchi o`rinni egalagan.

Xamda shu vazm toifasida bizning terma jamoamizning yana bitta sportchisi Ivan Efremov  ham ishtirok etdi. Jami 401 kg. ko`tarib (183+218), beshinchi o`rinni egalagan.

Yunon-rum kurash: kecha 120 kg. vazm toifasida uchrashuvlar bo`lib o`tgandi. O`zbekistonlik sportchi Muminjon Abdullaev birinchi bellashuvda AQShlik Beyers Drumil Deshonga imkoniyatni boy berdi.

Engil atletika: yadro uloqtirish musobaqasida Elena Smolyanova 14.43 natijasi bilan 31 o`rinni egalagan.

Kanoeda so`zish: Bugun 500 metr masofaga baydarkada eshkak eshish bo`yicha saralashda hamyurtimiz Yuliya Borzova ishtirok etdi. 3-guruhda ishtirok etgan Yuliya marraga so`nggi 6-bo`lib etib keldi. Uning natijasi 2 daqiqa 03.893 soniyani tashkil qildi. Biroq bu natija ham hamyurtimizga yarim finalga chiqish uchun etarli bo`ldi. Sababi faqatgina 1-guruhda 7 ta sportchi ishtirok etdi va unda so`nggi o`rinni olgan eronlik sportchi musobaqani tark etdi. Qolgan 3 ta guruhda ishtirok etgan barcha sportchilar yarim finalga chiqishdi.

Yarim finalda 3-guruhda ishtirok etgan hamyurtimiz marraga o`z guruhida so`nggi 8–bo`lib etib keldi va musobaqa bilan xayrlashdi. Uning natijasi 2 daqiqa 00.584

Kommentlar: 3 komment. 3 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. @ziz

    mana haqiqiy Uzbekiston sportchilar,oxirgacha kurash olib boryaptilar!

  2. madina

    umid faqat ulardan qoldi!

  3. Номаълум

    агар битта бронза б-н кайтиб келадиган булсак, вообще шарманда булади, спортга каратилаётган шунча эътибор бир тийин

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social