«Vilyarreal» uzoq davom etgan penaltilar seriyasida «MYu»ni mag‘lub etib, o‘z tarixida ilk bor Yevropa Ligasida g‘olib bo‘ldi

«Vilyarreal» uzoq davom etgan penaltilar seriyasida «MYu»ni mag‘lub etib, o‘z tarixida ilk bor Yevropa Ligasida g‘olib bo‘ldi

Yevropa Ligasi finalida Ispaniyaning «Vilyarreal» va Angliyaning «Manchester Yunayted» klublari o‘zaro to‘qnash kelishdi.

Bellashuvning asosiy vaqtida kuchlar teng keldi. Jyerar Morenoning goliga Edinson Kavani javob berdi. Qo‘shimcha bo‘limlarda ham g‘olib aniqlanmadi. Uzoq davom etgan penaltilar seriyasida esa omad Unai Emeri jamoasiga kulib boqdi — 11-zarbada De Xea adashdi.

«Vilyarreal» bu g‘alaba orqali YeChLga yo‘llanma oldi.

Yevropa Ligasi. Final

Vilyarreal — Manchester Yunayted 1:1
Penaltilar seriyasi — 11:10.
26 may. Gdansk. «PGE Arena»

Gollar: Moreno (29) — Kavani (55).
Penaltilar seriyasi: J.Moreno (1:0), Mata (1:1), Raba (2:1), Telles (2:2), Alkaser (3:2), Fernandesh (3:3), A.Moreno (4:3), Reshford (4:4), Parexo (5:4), Kavani (5:5), Gomes (6:5), Fred (6:6), Albiol (7:6), Jyeyms (7:7), Koklen (8:7), Shou (8:8), Gaspar (9:8), Tuanzebe (9:9), Torres (10:9), Lindelyof (10:10), Ruli (11:10), De Xea (11:10, darvozabon).
Vilyarreal – Ruli, Foyt (Gaspar, 88), Pau Torres, Albiol, Pedrasa (A.Moreno, 88), Parexo, Pino (Alkaser, 77), Trigeros (Moi Gomes, 77), Kapu (Raba, 120+3), Bakka (Koklen, 60), J.Moreno.
Manchester Yunayted – De Xea, Uan-Bissaka (Telles, 120+3), Shou, Bayi (Tuanzebe, 116), Lindelyof, Fernandesh, Pogba (Jyeyms, 116), Maktominey (Mata, 120+3), Kavani, Grinvud (Fred, 100), Reshford.
Ogohlantirishlar: Kapu (54), Bayi (82), Foyt (84), Kavani (113).

Kommentlar: 7 komment. 7 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. ALi

    VAAAAAAAAAAAAAMOOOOOOOOOOOOOOOOOOSSSSSSSSSS!

  2. Sumayya

    Man manchestrga balet gilaridim.Pand beribtideeeMayli nmyam dedik.Omadini bersin Vilyarealli ☺️

  3. Oddiy bola

    Men ham mhu ga balet qilgandim. Endi villareal ham biron nma olsinda

  4. Oddiy bola

    smile smile laugh rofl

  5. Fazo.tv

    Salom Sumayya va Oddiy bola! MU ning juda ko’p sovrinlari bor) Villareal tarixida birinchi martda yutdi, shunga to’g’ra aytasizlar, ular ham bir yutishi kerak edi smile

  6. Sumayya

    Toʻri.Villareal tarixda birinchi marta yutdi.Uyam ertaga oʻzbelaga oʻxshab bir marta yutib keyin yana yoʻ boʻp ketmasa boʻldi.Oʻzbelayam Osiyo chempioni boʻlip keyin taltayib ketdi.Lekin baribir oʻzimizani PAXTAKORDAN qoʻymasin.Yomon gapimizaniyam yaxshi gapimizaniyam shu oʻzimizanikila chunatte.Etishadiyu ,,nmani bersenam oʻzingnikiga berʼʼ dp.Iloyim biz futbol jinnisilariga shu sportchilar sogʻ boʻsin

  7. Fazo.tv

    Salom Sumayya! Juda to’g’ri aytdingiz. Bizni sportchilarimiz ko’p g’alabalarga ega bo’lishsin!

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social