Yaman – O`zbekiston 1:3

Yaman – O`zbekiston 1:3

JCh-2018 saralashining 8-turidan o`rin olgan Yaman O`zbekiston milliy terma jamoalari uchrashuvi 1:3 hisobida hamyurtlarimiz g`alabasi bilan yakunlandi.

justify;”>Futbolchilarimiz Dohaga Shimoliy Koreya termasi ustidan qozonilgan g`alabadan keyin ajoyib kayfiyat bilan kelishgan edi. Uyinda to`liq ustunlik hamyurtlarimiz tomonida bo`ldi. O`yinning birinchi bo`limi 9 daqiqasida Aziz Haydarov o`yindagi hisobni ochgan bo`lsa, Server Jeparovning 31-daqiqada kiritgan golidan keyin 0:2 hisobida jamoalar tanafusga chiqib ketishdi.

Ikkinchi bo`lim ham hamyurtlarimiz to`liq ustunligi ostida o`tdi. Aytib o`tish kerakki, ikkinchi bo`limda futbolchilarimiz Yaman futbolchilariga o`z jarimamizda xavfli vaziyatlar yaratishga imkon yaratib berdi. Ikkinchi bo`limda urilgan gollar ham yaqqol buni isboti bo`ldi desak adashmaymiz. Ikkinchi bo`lim 50-daqiqasida Stanislav Andreev jamoamiz hisobiga 3-golni yozib qo`ygan bo`lsa, o`yin tugashiga oz daqiqalar qolganida esa, Yaman futbolchisi Ahmad Al Sarori Lobanov qo`riqlayotgan darvozaga gol kiritdi.

JCh-2018 saralashining keyingi tur o`yinlari 2016 yil mart oyiga rejalashtirilgan. Bu uchrashuvlarda termamiz o`z maydonida Fillipin va Baxrayin termalarini qabul qiladi. Milliy terma jamoamiz a`zolariga va yurtimizdagi futbol ashaddiy muxlislariga omad tilab qolamiz.

Gollar: Ahmad al-Sarori (90) –  Aziz Haydarov (8), Server Jeparov (31), Stanislav Andreev (50).

Yaman: Ayash, Xubayshi, Sasi, Matari (Sarori), Xayfi, Mahdi, Zubayri, Mansur, Alos, Bugshoh, Hamson

O`zbekiston: Aleksandr Lobanov, Vitaliy Denisov, Egor Krimets, Anzur Ismoilov, Islom To`xtaxo`jev, Odil Ahmedov, Aziz Haydarov, Sardor Rashidov (Musaev, 79), Stanislav Andreev (Xasanov, 51), Server Jeparov (Geynrix, 61), Igor` Sergeev.

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Gol

    Мартгача маши формани ушаб колишса булди, пород килиб куйишмасин ишкилиб

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social