YeChLda inglizcha final

YeChLda inglizcha final

Yevropa Chempionlar Ligasida ikkinchi finalchi nomi ham ma’lum bo‘ldi.

Madriddan durang bilan qaytgan «Chelsi» o‘z maydonida «Real»ni Timo Verner va Meyson Mauntning gollari evaziga mag‘lub etib, o‘z tarixida 3-bor turnir finaliga yo‘llanma oldi.

Shu tariqa 29 may kuni Istanbulda bo‘lib o‘tadigan hal qiluvchi bahsda ingliz jamoalari — «Chelsi» va «Manchester Siti» to‘qnash kelishadi.

YeChL. Yarimfinal. Javob o‘yini

Chelsi — Real 2:0
5 may, «Stemford Brij»
Gollar: Verner (28), Maunt (85).
Chelsi – Mendi, Aspilikueta (Jyeyms, 88), Silva, Ryudiger, Chiluell, Maunt (Ziyosh, 89), Jorjino, Havers (Jiru, 90+4), Kante, Kristensen, Verner (Pulishich, 67).
Real – Kurtua, Ramos, Militao, Nacho, Mendi (Asensio, 63), Kroos, Modrich, Vinisius (Valverde, 63), Kazemiro (Rodrigo, 76), Azar (Mariano, 89), Benzema.
Ogohlantirishlar: Jorjino (14), Ramos (36), Kristensen (39), Nacho (62), Kroos (72), Maunt (88), Valverde (90).

Birinchi o‘yin — 1:1.

«Manchester Siti» va «PSJ» jamoalari o‘rtasidagi yarimfinalning javob bahsida ham «shaharliklar»ning qo‘li baland keldi. Mahrezning dubli ingliz klubiga ishonchli g‘alabani keltirdi.

Shu tariqa «Manchester Siti» o‘z tarixida ilk bor YeChL finaliga yo‘llanma oldi.

Gvardiola jamoasi finalda «Chelsi» — «Real» juftligi g‘olibi bilan to‘qnash keladi.

YeChL. Yarimfinal. Javob o‘yini

Manchester Siti — PSJ 2:0
4 may, «Etihad»
Gollar: Mahrez (11, 63).
Manchester Siti – Ederson, Uoker, Diash, Stounz, Zinchenko, Fernandino, Gundo‘g‘an, Silva (Sterling, 82), Mahrez, Foden (Aguero, 85), de Bryuyne (Jyezus, 82).
PSJ – Navas, Florensi (Dagba, 75), Markinos, Kimpembe, Diallo (Bakker, 82), Paredes (Danilu, 75), Errera (Draksler, 62), Verratti, Di Mariya, Neymar, Ikardi (Ken, 62).
Ogohlantirishlar: Errera (22), Verratti (71), Zinchenko (72), de Bryuyne (74), Kimpembe (87), Danilu (89).
Chetlatish: Di Mariya (69).

Birinchi o‘yin — 2:1.

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    Сити ютса кере, хозир жуда кучли ула, Челсини защитаси яхши, лекин уйинни яхши обора олишмиди

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social