Yevropa Chempionlar Ligasining 1/8 finaliga yo‘llanma olgan jamoalar nomi ma’lum bo‘ldi

Yevropa Chempionlar Ligasining 1/8 finaliga yo‘llanma olgan jamoalar nomi ma’lum bo‘ldi

Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining guruh bosqichi yakunlandi.

Guruh bosqichining natijalariga ko‘ra 1/8 finalga yo‘l olgan jamoalar nomi aniq bo‘ldi.

  • Birinchi o‘rinni egallagan jamoalar: “Manchester Siti”, “Manchester Yunayted”, “Liverpul” (barchasi – Angliya), “Ayaks” (Niderlandiya), “Real” (Ispaniya), “Bavariya” (Germaniya), “Lill” (Fransiya), “Yuventus” (Italiya).
  • Ikkinchi o‘rinni egallagan jamoalar: “PSJ” (Fransiya), “Atletiko” (Ispaniya), “Sporting” (Portugaliya), “Inter” (Italiya), “Benfika” (Portugaliya), “Vilyarreal” (Ispaniya)/“Atalanta” (Italiya), “Zalsburg” (Avstriya), “Chelsi” (Angliya).

Yevropa Chempionlar Ligasi 1/8 finalining so‘nggi ishtirokchisi 9-dekabr, payshanba kuni “Atalanta” va “Vilyarreal” o‘rtasidagi uchrashuv so‘ng aniq bo‘ladi. Ushbu jamoalar o‘rtasida 8-dekabrga belgilangan o‘yin vaqti kuchli qor yog‘ishi tufayli qoldirilgan.

Guruhda uchinchi o‘rinni egallagan jamoalar: “Leypsig”, “Portu”, “Borussiya D”, “Sherif”, “Barselona”, “Sevilya” va “Zenit” Yevropa Ligasiga ravona bo‘ldi.

“Bryugge”, “Milan”, “Beshiktosh”, “Shaxtyor”, “Dinamo Kiyev”, “Yang Boyz”, “Volfsburg”, “Malmyo” jamoalari esa guruh bosqichida qolib ketdi.

Pley-off bosqichi uchun qur’a tashlash marosimi 13-dekabr kuni Shveysariyaning Nyon shahrida bo‘lib o‘tadi.

Kommentlar: 4 komment. 4 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Hala Madrid

    Alvido Barselona rofl

  2. Glory glory man united! Glory glory man united rofl

  3. Messi yutadi!

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social