Yoshlar o`rtasida JCh-2013 qura natijalari

Yoshlar o`rtasida JCh-2013 qura natijalari

Turkiyaning Istanbul shahrida ikki oydan keyin shu mamlakatda o`tkaziladigan yoshlar o`rtasidagi jahon chempionatiga qur`a tashlash marosimi bo`lib o`tdi.

Qur`a natijalariga ko`ra, O`zbekiston yoshlar terma jamoasi “F” guruhida Okeaniya mintaqasi chempioni, Urugvay va Xorvatiyaga qarshi maydonga tushadigan bo`ldi. Esingizda bo`lsa, bunga qadar Ahmadjon Ubaydullaev boshchiligidagi yoshlarimiz va Aleksey Evstafeev murabbiyligidagi o`smirlarimiz mundialga Urugvaylik tengqurlariga qarshi o`ynab ko`rgandi.

Guruhlar quyidagicha ko`rinish oldi:
“A” guruhi –  Frantsiya, AQSh, Ispaniya va Afrika qit`asi vakili
“B” guruhi – Kuba, Janubiy Koreya, Portugaliya va Afrika qit`asi vakili
“S” guruhi – Turkiya, Sal`vador, Kolumbiya, Avstraliya
“D” guruhi – Meksika, Gretsiya, Paragvay, Afrika qit`asi vakili
“E” guruhi – Chili, Iroq, Angliya, Afrika qit`asi vakili
“F” guruhi – Okeaniya chempioni, O`zbekiston, Urugvay,  Xorvatiya

Kommentlar: 13 komment. 13 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. odil

    Ishqilib bizni O’zbekiston milliy terma jamoamizga ham Jahon chempionatinga chiqish nasib qisin!!!

  2. Номаълум

    Olg’a yoshlar!!! O’zbekiston olg’a!!!

  3. Jasur_90

    Urugvay va Harvatiya o’ziga yarasha kuchli kamanda. Yoshlarga onson bo’midi.

  4. xXx

    O’zbekiston birinchi bo’lib kim bilan o’yniydi?

  5. Gol

    манимча хозирги миллий терма жамоа футболчилари ёшларимиздан урней оса яхши буларди, ман уйин тажрибаси эмас, техника ва махоратларини этмаяпман, ман ёшлардаги ютушга булган интилиш ва шижоатни этвомман. Ёшларимиз олга!

  6. 159

    tug’ri etas muallif Gol – bizni mtj mizadagi futbolchilaga aynan shu narsalar etishmayapti, agar bugunam Livan bilan buladigan uyinda qovun tushuradigan bulishsa bilmadim nima buladi ….

  7. Номаълум

    Muallif xXx: yoshlarimiz birinchi bo’lib Okeaniya chempioni bilan o’ynaydi.

  8. xXx

    ular bizanikidan kuchlimi?

  9. jasur

    bu jahon chempionati, bu erda kuchsiz jamoalar bumiydi, barchasi kuchli jamoala

  10. a

    мухими бугун МТЖ Ливанни ютишсин, уйинга билет оганла борми? ким тушади бугунги уйинга?

  11. 7778

    bu yomg’irda uyda kurgan yaxshi

  12. chempion

    MTJ kecha g’alaba qozondi. Endi yoshlarimizga ham omad tilab qolaman. Yoshlarimizda shijoat bor. Lekin raqilar ham kuchlli jamoalar. Shunga qaramay yoshlarimizga omad yor bo’lsin

  13. Номаълум

    yoshlarimizga omad!!!!!!

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social