Fenlar, changyutgichlar va boshqa kichik texnikalarni sotishga ixtisoslashgan Dyson kompaniyasi mustaqil ravishda predmetlarni ko‘tarishga qodir robotlar prototipini namoyish etdi.
“Dyson kompyuterga, dasturiy ta’minotga, datchiklar va mexatronikaga ixtisoslashgan 250 nafar muhandisni yig‘ib, robototexnika sohasidagi ambitsiyalarini oshirmoqda. Shuningdek, kompaniya yaqin besh yil ichida yana 700 nafar mutaxassisni yollash niyatida. Bosh reja: Buyuk Britaniyadagi Xallavington aerodromida eng zamonaviy robototexnika markazini yaratib, o‘n yillik oxiriga qadar ushbu texnologiyani uylarimizga joriy etish”, — deyiladi relizda.
Dyson tomonidan namoyish etilgan robotlar likopchalar, bolalar o‘yinchoqlarini ko‘tara oladi va 3D-model qurish orqali mebelni changyutkich yordamida tozalashga dasturlashtirilgan. Ushbu natijaga kompaniya bosh muhandisi Jeyk Dayson (kompaniya asoschisi Jeyms Daysonning o‘g‘li) boshchiligi ostida erishishga muvaffaq bo‘lingan.
Dyson’ning dastlabki tijoriy namunalari 2030-yildan sotuvga chiqishi kutilmoqda.
Прикольно конечно, тока нимага кере?
xotiniz uyda utirmasdan, iwlashi u4un kere
uzimam tozaloliman
zurku, kamro iw qilamiz uyda
Nega bu maqola topda?
Hozirda shunday robotlar insonlarning ishini egallab olmoqda men bunga qarshiman
BULAR TABIATGA ZARAR YETKAZYAPTI AZON QATLAMINING YORILISH SABABI BITTASI MANASHU
BULAR TABIATGA ZARAR YETKAZYAPTI AZON QATLAMINING YEMIRILISH ISABABI BITTASI MANASHU
Nima divotti bu
WTF
Jinnimi bula
Bola qizla 21:30da hamma wu chatga kirsin suxbatlawamiz