Bu insonlar necha yoshda?

Bu insonlar necha yoshda?

Amsterdamdagi olimlar odamlarning yuzidan yoshini aniqlash uchun kompyuter dasturini yaratdilar. Olimlar kameraga turli xil hissiyotlarni namoyish etish uchun odamlarga murojaat qilishdi. Keyinchalik, test paytida, agarda inson kulib boqsa, dastur 40 yoshgacha “tashab” berishi mumkinligi aniq bo’ldi. Dastur faqat samimiy tabassumlarga javob berdi. Boshqa barcha holatlarda u xatoga yo’l qo’ymadi.

Olimlarning haqligini bilish juda qiziqdir. Shu maqsadda, ko’chadagi tasodifiy yo’lovchilarga insonlarning fotosurati ko’rsatildi va ulardan shu suratdagi insonni yoshini aniqlash so’raldi.

Insonlar tabassum qilgan odamlarga necha yosh berishdi?

987098977

So’rovchilarning deyarli 75% tabassum qilgan odamlarning suratlarini ko’rsatganda, ular haqiqatdan ham kamroq yosh berishdi.

Lekin aslida rasmdagi odamlar necha yoshdalar:

989089898

Tabassum qiladigan odam chindan ham yoshroq va jozibali ko’rinadi. Lekin asosiy narsa bu emas. Jilmaygan odamlarning fotosuratlarini ko’rib, yo’lovchilar bilmagan odamni juda ko’p yaxshi fazilatlar bilan tasvirlab berishdi.

Hamma bilganidek, tabassum – baxt tuyg’usidir. Tabassum paytida, biz baxtli ekanligimiz haqida miyaga xabar yuboramiz. Agarda biz baxtli bo’lsak, organizmimiz endorfinlarni ishlab chiqarishni boshlaydi, bu esa bizni va boshqalarni kayfiyatini ko’taradi.

Shuning uchun, oddiy tabassum odamni bo’yanishsiz, zamonaviy soch turmaksiz va gadjetlarsiz yoqimli va jozibali qiladi. Bu sog’liqqa ta’sir qiladi, stressni yengillashtiradi va eng muhimi, bizni va boshqalarni baxtli qiladi.

Shunday ekan, ko’proq tabassum qiling smile

Manba: Adme

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social