Amerika kompaniyasi “Yulduzlar jangi” filmining barcha qismlarini tomosha qilganga 1000 dollar taklif etmoqda

Amerika kompaniyasi “Yulduzlar jangi” filmining barcha qismlarini tomosha qilganga 1000 dollar taklif etmoqda

Amerikaning FinanceBuzz nomli moliyaviy konsultatsiyalar bilan shug‘ullanadigan kompaniyasi o‘zining veb-saytiga ajoyib e’lon qo‘ydi. Unga ko‘ra, “Yulduzlar jangi” franshizasining to‘qqizta qismini tomosha qilgan shaxsga 1000 dollar to‘lanadi.

Buning uchun kompaniya bir nechta shart qo‘ydi. Tanlovda ishtirok etish uchun ariza topshiruvchi mazkur filmning birorta ham qismini ko‘rmagan bo‘lishi, 18 yoshdan katta bo‘lishi hamda albatta AQSH fuqaroligiga ega bo‘lishi lozim.

Shuningdek, arizachi “Yulduzlar jangi” olamining bir qismi hisoblangan “Mandalorlik” serialini ham avval ko‘rmagan bo‘lishi va serial asosida yaratilgan birorta video o‘yinni o‘ynamagan bo‘lishi shart.

Tanlab olingan nomzod may oyining oxirida bir hafta davomida umumiy 25 soatlik “Yulduzlar jangi” franshizasini ko‘rib boradi. Kompaniya striming xizmati xarajatlari va yegulik uchun qo‘shimcha 100 dollar pul berishga tayyor.

Tanlovdan asosiy maqsad franshizaning navbatdagi qismi premyerasi uchun maxsus tayyorgarlik ko‘rish bo‘lib, ishtirokchi filmni tomosha qilib bo‘lgandan so‘ng bir nechta savollarga javob berishi, o‘z taassurotlari haqida aytib o‘tishi va har bir filmni alohida baholashi kerak bo‘ladi.

Arizalar 4-maygacha qabul qilinadi. Aynan shu kunda esa mashhur filmga 25 yil to‘ladi. Nomzod 2 hafta ichida tanlab olinadi.

Kommentlar: 15 komment. 15 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Anonim

    Menga ham berisharkanmi deb kirsam, faqat aqshdagilarga berishar ekan sad

  2. Тимур

    Биттасини хам курмаганман unknw

  3. Aziza

    Manam, yoqmidi bunaqa kinola

  4. Aziza

    Manga kupro sevgi haqida kinola yoqadi smile

  5. Samandar

    Faqat aqshdagilar uchun ekanku dash

  6. Umid

    Iyeeeee, men ham qatnashmoqchi edim fool

  7. Dilshod

    Rostanam berisharkan dib kurdim

  8. Dilshod

    Faqat aqshdagilar uchun ekan ku, yomon odamni aldadila

  9. Anonim

    negative negative negative

  10. Odilbek

    Yaxshi yaxshi

  11. Doniyor

    Qiziq, afsus bizga berishmaydi

  12. Diyorbek

    Asosiysi kinodan zavq olish, pul uchun ko’rmasdan

  13. Jamila

    dash

  14. Anonim

    negative

  15. Diyorbek

    Yaxshi kinolar

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social