Apple dan bahorgi taqdimot: iPhone SE, 9,7-dyuymli iPad Pro, iOS 9.3

Apple dan bahorgi taqdimot: iPhone SE, 9,7-dyuymli iPad Pro, iOS 9.3

iPhone SE

52be62c19e9e4c929c739c8a181e601f

21 mart kuni Apple kompaniyasi yangi 4-dyuymli ekranga ega bo`lgan
iPhone SE smartfonini taqdim etdi. iPhone SE smartfonining dizayni eski iPhone 5s va iPhone 6s ni eslatadi.

Displeys 3D Touch, Touch ID barmoq izi skaneri hamda NFC-chip mavjud. Ekran – IPS, 4 dyuym, 1136×640, 326 ppi, batareya – 1642 mAsoat. iPhone SE M9 yonprotsessorli kuchli A9 protsessoriga ega bo`ldi.

Asosiy kamera 12 megapikselli (avtofokus, ikkita chaqnoq, 4K sifatida videolarni olish) , old kamerasi esa 1,2 megapikselli. Smartfon 16 GB va 64 Gb xotira bilan chiqadi.

9,7-dyuymli iPad Pro

b33b717a97cae57de94ee34db4ccf78b

iPad displeyida yangicha texnologiyalar qo`llanilgan. Planshetdagi asosiy kamera 10 megapikselni tashkil etdi. Shuningdek, old kamera 5 Mp bo`ldi.

iPad Pro A9X protsessorilari asosida bunyod etildi.Ekran 2048×1536 piksellar qatori yoki bir dyuymda 264 nuqtadan tashkil topgan. Planshetga eng so`nggi iOS 9.3 operatsion sistemasi o`rnatilgan. Birinchi marta Pencil texnologiyasi ham qo`llanildi.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social