Yangi BlackBerry: Klaviaturasiz, lekin super batareya

Yangi BlackBerry: Klaviaturasiz, lekin super batareya

BlackBerry kompaniyasi brendi ostidagi va barcha huquqlarga ega bo’lgan Xitoyning TCL kompaniyasi Dubayda yangi Android-smartfonni taqdim etdi. Yangilikda KEYOne modeli kabi fizik klaviatura mavjud emas, lekin sensorli ekran deyarli butun old yuzani egalladi. Bunga qo’shimcha ravishda, BlackBerry Motion katta hajmli batareyaga ega (4000 mAh) va bu to’liq ish kuni uchun yetarlidir.

Motion – bu “o’rtacha qo’l” uchun mo’ljallangan smartfondir. Smartfon 5,5 dyumli Full HD displey, barmoq izlari skaneri, Snapdragon 625 chipi, 4 Gigabayt RAM, 32 Gb flesh xotira va 12 megapikselli kameraga ega. Qurilmaning korpusi IP67 standartiga muvofiq chang va namlikdan himoyalangan.

78

Yangilik, KEYOne kabi, Android 7.1 operatsion tizimining moslashtirilgan versiyasida ishlaydi va barcha funksiyalarga ega. Ulardan biri Locker – bu PIN-kod yoki barmoq izi bilan ta’minlanishi mumkin bo’lgan hujjatlar, rasmlar va boshqa fayllar bilan himoyalangan seyf. Kelgusi yilda dasturiy ta’minot Android 8.0 (Oreo) ga yangilanadi.

Birinchi BlackBerry Motion Saudiya Arabistoni va BAAdan boshlab Yaqin Sharqda sotuvga chiqadi. Uning narxi $ 460 ni tashkil qiladi. Boshqa bozorlarda smartfonning chiqarilish sanasi hozircha belgilanmagan.

Manba: Hitech

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social