“Golos” (“Ovoz”) loyihasining ikkinchi fasli o`z nihoyasiga etdi (+video)

“Golos” (“Ovoz”) loyihasining ikkinchi fasli o`z nihoyasiga etdi (+video)

Rossiyaning Birinchi kanalida “Golos” (“Ovoz”) loyihasining ikkinchi fasli o`z nihoyasiga etdi. Finalga har ustozdan bittadan qatnashchi ishtirok etdi, ular – Gela Guralia, Tina Kuznetsova, Sergey Volchkov va Nargiz Zakirova.

Musobaqaning birinchi bosqichida ishtirokchilar o`z ustozlari bilan birga chiqishlarini namoyish etishdi. Ushbu bosqichda xamyurtimiz Nargiz Zakirova Rossiyaning qo`shiqchisi Leonid Agutin bilan birga chiqishdi va ular birgalikda “Esli ti kogda-nibud` menya prostish`” (“Agarda sen qachondir meni kechirolsang”) nomidagi qo`shiqni ijro etishdi. Ikkinchi bosqichda to`rtta ishtirokchidan faqatgina uch nafari o`tishga muvaffaq bo`lishdi va ularning orasida Nargiz Zakirova ham bor edi.

Ikkinchi bosqichda Gela Guralia «Papa Can You Hear Me» («Ota, sen meni eshityapsanmi?») qo`shig`i bilan chiqdi. Sergey Volchkov «ital`yano» stilidagi qo`shiqni tanlagan edi – «Tu, Ca Nun Chiagne» («Sen, yig`lamay turgin») va nihoyat Nargiz Zakirova «The Show Must Go On» («Shou davom etishi shart») xit qo`shig`i bilan hammani lol qoldirdi.

Musobaqaning natijalariga ko`ra g`olib 75% ovozlarni yig`gan holda Sergey Volchkov deb topildi. Bizning hamyurtimiz esa Nargiz Zakirova 25% ovoz olib ikkinchi o`ringa ega bo`ldi va Gela Guralia – uchinchi o`rinni egalladi. Shunday qilib, Birinchi kanalning eng mashhur bo`lgan loyihasi o`z nixoyasiga etdi.

Sizlarning etiboringizga Nargiz Zakirova qo`shiq ijro etgan video lavhani taqdim etamiz:

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Bahodir

    uzbe qiziga yarawmiydi bunaqa 4iqiwlar, yaxwisi bizzi pazor qimagani yaxwiydi

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social